Logo

O‘zbekiston Rossiya va Turkmanistondan gaz xaridini keskin ko‘paytirdi

Mamlakat gaz va propan xaridini ko‘paytirmoqda.

O‘zbekiston Rossiya va Turkmanistondan gaz xaridini keskin ko‘paytirdi © Ijtimoiy tarmoqlar

O‘zbekiston 2026 yilning yanvar–avgust oylarida Rossiya va Turkmanistondan tabiiy gaz importini 15,2 foizga oshirdi. Importning umumiy qiymati 1,21 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yanvar–avgust oylarida O‘zbekiston Rossiya va Turkmanistondan 1,21 mlrd dollarlik tabiiy gaz import qilgan. Shundan 124,3 mln dollari suyultirilgan gaz — propan xaridiga to‘g‘ri kelgan. Propan importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,5 barobar oshgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, gaz importi qiymati yanvar oyida 167,6 mln dollar, fevralda 34,6 mln dollar, martda 158,3 mln dollar va aprelda 147,8 mln dollarni tashkil etgan.

May oyida import hajmi qiymat jihatidan 216,4 mln dollarga, iyunda esa yil boshidan buyon eng yuqori ko‘rsatkich — 247 mln dollarga yetgan.

Iyul oyida Rossiya va Turkmanistondan gaz xaridi keskin kamayib, 38,3 mln dollarga tushgan. Avgustda esa import yana o‘sib, 206,1 mln dollarga yetgan. Shu tariqa, avgust oyidagi gaz importi iyul oyiga nisbatan qariyb 5,4 barobar ko‘paygan.

Eslatib o‘tamiz, Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 57,4 mlrd dollarni tashkil etgan. Mamlakatning umumiy importi esa 34,5 mlrd dollarga yetgan.

Теглар

Мавзуга оид