O‘zbekistonda bank kartalari soni 70 milliondan oshdi

Бугун 12:552 дақиқа

Mamlakatda bir oy ichida 1,7 milliondan ortiq bank kartalari ochildi.

O‘zbekistonda bank kartalari soni 70 milliondan oshdi

2026 yil 1-mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda muomaladagi bank plastik kartalari soni 70 million 951 ming 598 taga yetdi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 439 ming 462 ta to‘lov terminali hamda 45 ming 311 ta bankomat va infokiosk faoliyat yuritmoqda.

O‘tgan yilning shu davri bilan solishtirganda bank kartalari soni qariyb 9 millionga o‘sgan. 2025 yil 1-mart holatida muomaladagi bank kartalari soni 62 million atrofida edi.

Bank kartalari soni bo‘yicha “Xalq bank 11 milliondan ortiq karta bilan yetakchilik qilmoqda. Undan keyin “Agrobank” (6,6 mln), “Uzumbank” (6 mln) va “Ipoteka bank” (5,4 mln) yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan. Shuningdek, “Anorbank” va “Hamkorbank”da ham 4 milliondan ortiq karta muomalada mavjud.

To‘lov terminallari soni bo‘yicha “Hamkorbank” 59 mingdan ortiq qurilmalari bilan birinchi o‘rinda. Undan so‘ng esa “Milliy bank” (42 ming) va “Xalq banki” (33,5 ming) ham yuqori ko‘rsatkichlarga ega. Bankomat va infokiosklar soni bo‘yicha esa yetakchilar qatoridan “Xalq banki” (3 mingdan ortiq), Agrobank (qariyb 1,8 ming) hamda “Milliy bank” (1 mingdan ziyod) joy olgan.

Yanvar–fevral oylarida to‘lov terminallari orqali amalga oshirilgan umumiy tushum 82 trillion 925 milliard 646 million so‘mga yetdi. Bu raqam mamlakatda naqd pulsiz to‘lovlar ulushi barqaror o‘sib borayotganini yaqqol namoyon etmoqda.

Tushum hajmi bo‘yicha yetakchilik “Aloqabank”ka tegishli bo‘lib, bank orqali 10 trillion 389 milliard so‘mlik operatsiyalar amalga oshirilgan. Keyingi o‘rinlarda “TBC bank” (6 trillion 520 milliard so‘m) va “Milliy bank” (6 trillion 174 milliard so‘m) qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq my.gov.uz'da bank kartalari va mobil raqamlarni nazorat qilish imkoniyati joriy etilishi haqida xabar bergan edik.

Теглар

Мавзуга оид