Logo

O‘zbekistonlik Bogdan Guskov UFC sobiq chempioni Magomed Ankalayevga qarshi jang qiladi

Бугун 10:292 дақиқа

Ular 25-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan UFC Abu-Dabi turnirining markaziy jangida kuch sinashadi.

O‘zbekistonlik Bogdan Guskov UFC sobiq chempioni Magomed Ankalayevga qarshi jang qiladi © sports.ru

UFC yarim og‘ir vazn toifasi jangchisi, o‘zbekistonlik sportchi Bogdan Guskov galdagi jangini rossiyalik sobiq chempion Magomed Ankalayevga qarshi o‘tkazadi. Bu haqda UFC rasmiy sahifasida xabar berildi.

Qayd etilishicha, yarim og‘ir vazn toifasida ishtirok etuvchi amerikalik professional UFC jangchisi Xalil Rountri jarohati tufayli UFC Fight Night Abu Dabi turnirining markaziy jangida qatnasha olmaydi. Ushbu turnirga 25-iyul kuni «Etihad» arenasi mezbonlik qiladi. Bogdan Guskov shu paytgacha 18 ta jangda g‘alaba qozongan va ularning barchasini muddatidan oldin tugatgan. Shulardan 13 tasi birinchi raunddayoq qo‘lga kiritilgan. Bu Guskovning UFC’dagi ilk asosiy jangi bo‘ladi va unda sobiq chempion Ankalayevga qarshi imkoniyatdan unumli foydalanishga harakat qiladi.

«Bu yarim og‘ir vazn toifasidagi hech kim o‘tkazib yubormasligi kerak bo‘lgan to‘qnashuv bo‘ladi», — deya yozgan tashkilot.

Negaki, o‘zbekistonlik Bogdan Guskovning bu raqibi UFC reytingining 1-raqamli jangchisi hisoblanadi. Guskov esa divizionning 10-raqamini band qilib turibdi.

photo_2026-07-14_10-28-49


Ma’lumot uchun, Guskov oxirgi jangini 2025-yil dekabr oyida UFC 323 turniri doirasida Yan Blaxovichga qarshi o‘tkazgandi va jang durang qayd etgandi. Ular o‘rtasidagi revansh jangi 1-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan UFC Fight Night turniriga belgilangan. UFC doirasida shu kungacha Guskov jami 6 ta jang o‘tkazib, shulardan 4 tasida g‘alaba qozongan. Bittadan durang va mag‘lubiyati bor.

U 1992-yilda Ohangaron tumanida tug‘ilgan va 19 yoshida Moskvaga ko‘chib ketgan. Guskov janglarga Rossiya va O‘zbekiston bayroqlari bilan chiqadi. U o‘z intervyularidan birida Rossiyada yashasa ham, o‘zini o‘zbekistonlik deb bilishi va har ikki davlat uchun ham oxirigacha kurashishga tayyorligini aytgandi.

Ankalayev esa o‘tgan yil kuzda UFC 320 turnirida braziliyalik Aleks Pereyrani birinchi raundda texnik nokautga uchratib, chempionlik kamariga ega bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq oktagon Kolizeyning yangi tarixiga aylangani haqida yozgan edik.

Теглар

Мавзуга оид