O‘zbekistonlik pensionerlar ogohlantirildi

14.02.2026 | 22:381 дақиқа

Pensiya jamg‘armasi fuqarolarni shaxsiy ma’lumotlarni so‘rash orqali aldayotgan firibgarlar haqida ogohlantirdi.

O‘zbekistonlik pensionerlar ogohlantirildi

So‘nggi kunlarda telefon orqali pensiya yoshidagi fuqarolarga notanish raqamlardan qo‘ng‘iroq qilib, pensiya miqdori oshirilishini va’da qilish orqali shaxsiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritish holatlari ko‘paymoqda.

Firibgarlar o‘zini bank yoki Pensiya jamg‘armasi xodimi sifatida tanishtirib, fuqarolarga «Pensiyangiz keyingi oydan oshiriladi, buning uchun ma’lumotlaringizni va telefoningizga kelgan kodni aytsangiz pensiyangiz kartangizga tushadi, bo‘lmasa oshmay qoladi» degan ma’noda yolg‘on xabarlar orqali pensionerlarning ishonchiga kirishga urinmoqda.

«Pensiya jamg‘armasi xodimlari hech qachon sizga qo‘ng‘iroq qilib, Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni yoki telefoningizga kelgan kodlarni so‘ramaydi. Begona shaxslarga pasport, plastik karta yoki JSHSHIR (PINFL) raqami kabi shaxsiy ma’lumotlaringizni hech qachon taqdim qilmang», — deya ogohlantirdi Pensiya jamg‘armasi.

Agar shu kabi shubhali holatlarga duch kelsangiz, quyidagi raqamlarga murojaat qilish mumkin:

— 1271 —Pensiya jamg‘armasining ishonch telefoni;

— 102 — Ichki ishlar organlari.

Теглар

Мавзуга оид