O‘zbekistonliklar naqd puldan ko‘ra ko‘proq karta ishlatishni afzal ko‘rmoqda

17.02.2026 | 10:522 дақиқа

2025 yil davomida bank kartalariga 1,5 kvdrln so‘mlik mablag‘lar kirim qilingan. Bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 1,4 barobarga oshgan. Ammo bank kartalardagi pullarni naqdlashtirish ulushi ulushi o‘tgan yilga qaraganda 3 foizga kamaygan.

O‘zbekistonliklar naqd puldan ko‘ra ko‘proq karta ishlatishni afzal ko‘rmoqda

Markaziy bank 2025 yil uchun Naqd pul muomalasi bo‘yicha sharhni e’lon qildi.

Qayd etilishicha, 2025 yilda naqd va terminallar orqali umumiy 1,1 kvdrln so‘m pul tushumlari qabul qilingan. O‘tgan yilda bu ko‘rsatkich 840 trln so‘mni tashkil qilgan edi.

So‘nggi yillardagi natijalarga qaraganda banklarga umumiy pul tushumlarida terminal (shu jumladan, mobil ilovalar) orqali tushumlar ulushi ortganini ko‘rish mumkin: 2023 yilda 38 foiz, 2024 yilda 40 foiz, 2025 yilda 43 foizni tashkil etgan.

Savdo va xizmatlar sohasida ham terminal tushumlari o‘tgan yilga nisbatan 4 foizga oshgan.

1

Naqd pulning banklar orqali aylanmasi

2025 yilda banklarga naqd pul tushumlari 23 foizga o‘sib, 615 trln so‘m bo‘lgan. Xususan, bank xizmatlari: omonatlar, kredit qaytarilishi, xorijiy valutalarni sotishdan naqd pul tushumlari 60 trln so‘mga, savdo tushumlari 25 trln so‘mga va pullik xizmatlardan tushumlar 16 trln so‘mga ko‘paygan.

2

2025 yilda bank kassalari va bankomatlardan jami berilgan naqd pullar 2024 yilga nisbatan 25 foizga oshib, 635 trln so‘mni tashkil etgan. 

Bu holat asosan bank kartalaridan naqd pul yechish hajmining 54 trln so‘mga, banklar tomonidan aholidan naqd chet el valutasini sotib olish uchun berilgan naqd pullar hajmining 27 trln so‘mga hamda aholining omonat hisobvaraqlaridan naqd pul yechishi 18 trln so‘mga o‘sishi hisobiga yuzaga kelgan.

3

Shuningdek, banklarga tushgan va chiqim qilingan naqd pullar o‘rtasidagi farq Markaziy bank tomonidan muomalaga qo‘shimcha naqd pullarni chiqarish orqali ta’minlab borilgan.

Naqd puldan ko‘ra karta orqali to‘lovlar ko‘paymoqda

2025 yilda banknotlar umumiy soni 262 mln donaga ko‘paygan bo‘lishiga qaramay, odamlar naqd puldan kamroq foydalanishmoqda. Buni bank kartalardagi pullarning naqdlashtirish ko‘rsatkichlari pasayganida ko‘rish mumkin.

4

2025 yilda bank kartalariga kirim qilingan mablag‘lar 1,5 kvdrln so‘mni tashkil qilgan. Bu 2024 yilga nisbatan 1,4 barobar ko‘p.

2025 yilda bank kartalaridagi 279 trln so‘m mablag‘lar naqdlashtirib olingan. Ammo naqdlashtirish ulushi oxirgi ikki yil bilan solishtirilganda 5 foizga kamayganini ko‘rish mumkin.

Ma’lumot uchun: 2025 yil naqd pullar miqdori 15 trln so‘mga ko‘payib, 68 trln so‘mga yetgan. Umumiy pul massasi esa 379 trln so‘mgacha o‘sdi. Shuningdek, 2025 yil davomida aholi qo‘lida 100 000 so‘mlik banknotlar ulushi sezilarli qisqarib, 200 000 so‘mlik pullar ulushi oshgan.

Теглар

Рухсора Жовлиева

Рухсора ЖовлиеваМақолалар сони: 853

Барчаси

Мавзуга оид