Logo

Qirg‘iziston benzin ta’minoti bo‘yicha O‘zbekiston va boshqa davlatlardan yordam so‘radi

Бугун 21:222 дақиқа

Jahon energetika bozoridagi o‘zgarishlar va neft narxining o‘sishi mamlakat ichki bozoriga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda.

Qirg‘iziston benzin ta’minoti bo‘yicha O‘zbekiston va boshqa davlatlardan yordam so‘radi

Qirg‘iziston Energetika vazirligi jahon bozoridagi vaziyat fonida Qozog‘iston, Rossiya, Belarus, Ozarboyjon, O‘zbekiston va Turkmanistonga yonilg‘i yetkazib berishda yordam so‘rab rasmiy murojaat yo‘lladi. Bu haqda mamlakat Energetika vazirligining rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Hozirgi vaqtda vazirlik va Vazirlar Mahkamasi tomonidan mamlakatning energetik xavfsizligini ta’minlash hamda ichki bozorni yonilg‘i-moylash mahsulotlari bilan barqaror ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Yonilg‘i zaxirasi

«Yonilg‘ining uzluksiz ta’minotini saqlab qolish maqsadida Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi va Turkmanistonning vakolatli davlat organlariga rasmiy murojaatlar yuborildi. Bunga parallel ravishda, ta’minotni diversifikatsiya qilish va ushbu sohada xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda», — deya aniqlik kiritgan vazirlik.

Qayd etilishicha, bugungi kunda respublikada yonilg‘i-moylash mahsulotlarining yetarli zaxiralari shakllantirilgan. Ayni paytda vaziyat doimiy nazorat ostida turibdi.

«Ma’lumki, Qirg‘iziston Respublikasi yonilg‘i-moylash mahsulotlarining asosiy qismini import qiladi», - deyiladi xabarda.

Rossiyadagi taqchillikning ta’siri

Benzin narxlarining keskin sakrashi Rossiya bozorida yuzaga kelgan yoqilg‘i tanqisligi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelmoqda. Bunga Ukraina dronlari zarbalaridan so‘ng Rossiya neftni qayta ishlash zavodlarida rejadan tashqari ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sabab bo‘lgan.

Bundan tashqari, Rossiyada 1-apreldan boshlab benzin eksportiga to‘liq taqiq joriy etilgan edi. Biroq mazkur cheklov hukumatlararo kelishuvlar asosida amalga oshiriladigan yetkazib berishlarga taalluqli emas, shu bois u O‘zbekistonga tatbiq etilmaydi.

Теглар

Мавзуга оид