Shavkat Mirziyoyev britaniyalik marhum er-xotinni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi

Ular majburiy mehnat lageridan qochgan Boqijon Akramovni urush tugagunga qadar himoya qilgan.

Shavkat Mirziyoyev britaniyalik marhum er-xotinni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev juma kuni Ikkinchi jahon urushi davrida o‘zbekistonlik askarni fashistlar konslageridan qochishiga yordam bergan va uni o‘z uyida yashirgan Buyuk Britaniya fuqarolari Jon va Fillis Emili Le Bretonlarni vafotidan so‘ng «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Farmonga ko‘ra, marhum Le Bretonlar Jersi orolidagi fashistlar konslageridan qochib chiqishga muvaffaq bo‘lgan o‘zbekistonlik askar Boqijon Akramovning hayotini asrab qolganlari uchun ushbu yuksak mukofotga loyiq ko‘rilgan.

«Jersi orolidagi fashistlar konslageridan qochib chiqishga muvaffaq bo‘lgan o‘zbekistonlik askar Boqijon Akramovga o‘z uylaridan joy berib, uning jonini asrab qolganlari hamda ulkan jasorat va insonparvarlik fazilatlarini namoyon etganlari, dunyo xalqlari o‘rtasida tinchlik, do‘stlik va birodarlik g‘oyalarini targ‘ib etishda alohida o‘rnak ko‘rsatganlari uchun Buyuk Britaniya fuqarolari – marhum Jon va Fillis Emili Le Bretonlar O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlansin», - deyiladi farmonda.

Теглар

Мавзуга оид