Logo

Shavkat Mirziyoyev Putinni Rossiya kuni munosabati bilan tabrikladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya kuni munosabati bilan Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga tabrik yo‘llab, ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev Putinni Rossiya kuni munosabati bilan tabrikladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Rossiya xalqini milliy bayram — Rossiya kuni munosabati bilan tabrikladi.

Davlat rahbarining tabrik maktubida ushbu sana rus xalqining boy ma’naviy merosi, milliy qadriyatlari hamda mamlakatning barqaror taraqqiyotga intilishini o‘zida mujassam etgani qayd etilgan.

Maktubda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi yillarda izchil rivojlanayotgani, savdo-iqtisodiy, hududlararo va gumanitar sohalardagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilayotgani ta’kidlangan.
Shuningdek, yaqinda Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar ikki davlat o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik va o‘zaro ishonch munosabatlarining mustahkam ekanini yana bir bor tasdiqlagani qayd etilgan.

«Ishonamanki, erishilgan kelishuvlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yo‘lida ko‘p qirrali sheriklikning ulkan salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi», deyiladi tabrik xatida.

Теглар

Мавзуга оид

Shavkat Mirziyoyev Putinni Rossiya kuni munosabati bilan tabrikladi | Vaqt.uz