Shavkat Mirziyoyev Turkiston shahriga yetib bordi

Davlat rahbari bu yerda Turkiy davlatlar tashkilotining «Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish» mavzusidagi norasmiy sammitida ishtirok etadi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiston shahriga yetib bordi © prezident.uz

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonning Turkiston shahriga keldi. «Hazrat Sulton» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Qozog‘iston Respublikasi Davlat maslahatchisi Yerlan Karin, Turkiston viloyati hokimi Nuralxan Kusherov hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.

Sammit doirasida turkiy davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik, mintaqaviy aloqalar va qator strategik masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda. Unda ishtirok etuvchi davlatlar rahbarlari siyosiy, iqtisodiy va madaniy yo‘nalishlardagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratadi.

Shuningdek, sammit qatnashchilari Turkiston shahridagi tarixiy yodgorliklar va madaniy obyektlar bilan ham tanishishi rejalashtirilgan. Turkiston Markaziy Osiyodagi muhim ma’naviy va tarixiy markazlardan biri hisoblanadi.

Теглар

Мавзуга оид