«Solfy» advokatlari xorijiy investorlarni O‘zbekistondagi muhitdan ogohlantirdi

Xalqaro yuridik firma «Solfy» va «Milliy bank» o‘rtasidagi nizo xorijiy investorlar uchun jiddiy signal bo‘lishi kerakligini ta’kidlamoqda. Mojaro ortidan esa «Solfy Uzbekistan» rahbari O‘ktam Hasanov hibsda saqlanayotgani aytilmoqda.

«Solfy» advokatlari xorijiy investorlarni O‘zbekistondagi muhitdan ogohlantirdi

Londonda joylashgan «Amsterdam & Partners» yuridik firmasi «Solfy» va «Milliy bank» o‘rtasidagi nizo xalqaro investorlar uchun jiddiy signal bo‘lishi kerakligini bildirdi. Bu haqda firma tomonidan e’lon qilingan press-relizda qayd etilgan.

Bayonot may oxirida London fond birjasida muomalaga chiqarilishi rejalashtirilgan O‘zbekiston milliy investitsiya jamg‘armasi IPO’si haqidagi xabarlar fonida e’lon qilingan bo‘lib, unda O‘zbekiston hukumatining xalqaro bozorlarga beriladigan ochiq ma’lumotlari va mamlakatdagi xorijiy investorlar duch kelayotgan amaldagi vaziyatlar o‘rtasida katta tafovut borligi qayd etilgan.

«Bitta xorijiy investorga munosabat muqarrar ravishda barcha xorijiy investorlarga munosabatning o‘rnini bosadi», — deydi firma asoschisi Robert Amsterdam.

Bundan tashqari, «Amsterdam & Partners» yuristlari «Solfy Uzbekistan» rahbari O‘ktam Hasanov 2026-yil 27-martdan buyon qamoqda saqlanayotganini qo‘shimcha qildi. U O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi (juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan ayblanmoqda. 30-aprel kuni O‘zbekiston prokuraturasi Hasanovni tergov davrida ozodlikka chiqarish haqidagi iltimosnomani rad etgan.

Yuristlar esa ushbu ish aslida «Solfy» va davlat banki o‘rtasidagi fuqarolik-huquqiy tijoriy nizosi ekanini va Hasanovni hibsga olish uchun qonuniy asoslar yo‘qligiga qaramay, e’tirozlar hisobga olinmaganini da’vo qilmoqda.

«Solfy» ushbu jinoiy ishni «Solfy Uzbekistan»ga davlat banki uchun qulay shartlarda murosa qilish bo‘yicha bosim o‘tkazish vositasi sifatida baholamoqda. «Milliy bank» esa barcha ayblovlarni rad etib, ularni asossiz deb atagan.

Shuningdek, «Milliy bank» «Solfy» bilan sudlashish uchun yuridik xizmatlarga qariyb 1 mln dollar sarflamoqda. Bank «CENTIL» advokatlik firmasi bilan 12 mlrd so‘mlik to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzgan.

Eslatib o‘tamiz, «Amsterdam & Partners» xalqaro yuridik firmasi «Milliy bank» va «Solfy» platformasi o‘rtasida yuzaga kelgan shartnomaviy nizoda «Solfy» platformasi hamda uning asosiy investori Maksim Poletaev manfaatlarini himoya qilmoqda.

«Solfy» va «Milliy bank» o‘rtasidagi munosabatlar dastlab fintex sohasidagi hamkorlik sifatida shakllangan. Ikki tomon o‘rtasidagi sheriklik 2021-yilda boshlangan bo‘lib, uning asosiy maqsadi O‘zbekiston bozori uchun innovatsion bo‘lib to‘lash kartasini ishga tushirishdan iborat edi.

Biroq keyinchalik tomonlar o‘rtasida nizo yuzaga kelgandi. «Amsterdam & Partners» «Solfy» hamda uning investori Maksim Poletayev manfaatlarini himoya qilayotganini ma’lum qilib, o‘z bayonotida «Milliy bank» vakillari tomonidan Poletayevga nisbatan jiddiy tahdidlar bo‘lganini iddao qilgandi.

Теглар

Рухсора Жовлиева

Рухсора ЖовлиеваМақолалар сони: 1001

Барчаси

Мавзуга оид