Logo

Toshkent shahri zulmat ostida qoldi

Кеча 21:451 дақиқа

Hozirgi vaqtda energetiklar tomonidan nosozliklarni bartaraf etish hamda iste’molchilarning elektr ta’minotini qayta tiklash choralari ko‘rilmoqda.

Toshkent shahri zulmat ostida qoldi © Ijtimoiy tarmoqlar

Ayni paytda Toshkent shahrining Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy tumanlari shuningdek, Toshkent viloyatining Zangiota tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilish kuzatilmoqda.

Energetika vazirligi mazkur holat yuzasidan munosabat bildirdi. Ma’lum qilishicha, Toshkent shahridagi “Yuksak” podstansiyasida nosozlik kelib chiqqan. Hozirgi vaqtda energetiklar tomonidan nosozliklarni bartaraf etish hamda iste’molchilarning elektr ta’minotini qayta tiklash choralari ko‘rilmoqda.

Iyun oyining boshida ham bir vaqtning o‘zida Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Shayxontohur, Yashnobod, Olmazor tumanlarining ayrim hududlari elektr energiyasisiz qolgan edi. Bundan tashqari, elektr uzilishi Yunusobod yo‘nalishidagi metro harakatiga ham ta’sir qilgan edi.

Теглар

Мавзуга оид