Toshkent viloyatida advokat 10 ming dollar bilan ushlandi

Бугун 09:221 дақиқа

Toshkent viloyatida 10 ming dollar evaziga sud hukmini o‘zgartirib berishni va’da qilgan advokat qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida advokat 10 ming dollar bilan ushlandi © Foto: Dxx

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokatlik byurosi advokati qo‘lga olindi.

Ma’lum qilinishicha, u mahalliy fuqaroga nisbatan sud tomonidan tayinlangan 2 yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘zining sud tizimidagi tanishlari orqali yengillashtirib berishni va’da qilgan.

Advokat ushbu xizmat evaziga 10 ming AQSH dollari talab qilgan va pulni olish jarayonida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan

Tergov jarayoni

Hozirgi vaqtda ushbu holat yuzasidan advokatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Uchtepa tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining Tergov bo‘limi tomonidan Olmazor tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida unga qo‘llanilgan qamoqqa ehtiyot chorasini tanishlari orqali uy qamog‘i ehtiyot chorasiga o‘zgartirib berish evaziga 14 ming AQSH dollari talab qilgan advokatlik byurosi advokati hamda advokatlik hay’ati advokati qo‘lga olingan edi.

Ogohlantirish

Davlat xavfsizlik xizmati fuqarolarni shunday qonunbuzilish holatlariga duch kelganda befarq bo‘lmaslikka chaqirdi.

Xususan, bunday holatlar haqida DXXning 1520 qisqa raqami orqali xabar berish mumkinligi ta’kidlandi.

Теглар

Мавзуга оид