Logo

Toshkent xalqaro moliya markazi: O‘zbekiston Qozog‘iston muvaffaqiyatini takrorlay oladimi?

Poytaxtda bo‘lib o‘tgan Xalqaro investitsiya forumida O‘zbekistonning iqtisodiy kelajagiga oid muhim shartnomalar imzolandi. Xo‘sh, bu kelishuvlar oddiy odamlar hayotiga, bozordagi narx-navoga va energetika tizimiga qanday ta’sir qiladi? O‘zbekistonning yangi moliyaviy markazi nima va u orqali hech bo‘lmaganda, Qozog‘iston muvaffaqiyatlarini takrorlash mumkinmi?

Shu kunlarda qayerga bormang, kim bilan gaplashmang — hammaning tilida bir gap, bir mavzu: futbol. Milliy terma jamoamiz o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionatida maydonga tushdi. Kecha erta tongdan millionlarni ekran oldiga mixlab qo‘ygan bu uchrashuvda terma jamoamiz, afsuski, Kolumbiyaga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Hamma futbolni muhokama qilayotgan ayni kunlarda esa Toshkent katta bir iqtisodiy tadbirga mezbonlik qildi – Xalqaro investitsiya forumi.

To‘g‘ri, bu tadbir futbol kabi ommaviy emasdir, lekin aniqki, ahamiyati mamlakat hayoti uchun juda muhim. Xo‘sh, bu iqtisodiy forumning natijalari qanday bo‘ldi, nimalarga kelishildi? Imzolanayotgan shartnomalar ertaga bozorlardagi narx-navoga, uyimizdagi elektr va gazga, odamlar hayotiga qanday ta’sir qiladi?

«Fikr vaqti» dasturining navbatdagi sonida Toshkentda o‘tgan xalqaro iqtisodiy forumning eng muhim vaziyatlarini imkon qadar sodda, tushunarli tarzda muhokama qildik. Dastur mehmoni — iqtisodchi Shuhrat Rasul.

Теглар

Илёс Сафаров

Илёс СафаровМақолалар сони: 104

Барчаси

Мавзуга оид