Toshkentdan uchgan va uchib kelayotgan reyslar orqaga qaytarildi

28.02.2026 | 13:551 дақиқа

Eron va Isroil osmoni vaqtincha yopilishi munosabati bilan bir nechta xalqaro reyslar jo‘nash aeroportlariga qaytishga majbur bo‘ldi.

Toshkentdan uchgan va uchib kelayotgan reyslar orqaga qaytarildi

Eron va Isroil havo hududlarining yopilishi munosabati bilan bir qator o‘zbekistonlik aviakompaniyalar reyslari jo‘nash aeroportlariga qaytishga majbur bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, cheklovlar Toshkent vaqti bilan soat 11:30 dan 17:00 gacha amal qiladi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

Jumladan, quyidagi reyslar ortiga qaytarilgan:

— 7Q4461 (Fly One Asia): Andijon – Madina yo‘nalishida uchgan reys Andijon aeroportiga qaytdi.

— 7Q342 (Fly One Asia): Madina – Toshkent yo‘nalishida uchgan reys Madina aeroportiga qaytdi.

— HH901 (Qanot Sharq): Toshkent – Dubay yo‘nalishidagi reys Toshkent aeroportiga qaytdi.

— 2U7 (Fly Khiva): Madina – Andijon yo‘nalishida uchgan samolyot Madina aeroportiga qaytdi.

— 9S3 (Ayir Samarkand): Jidda - Toshkent yo‘nalishida uchgan samolyot Jidda aeroportiga qaytdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Eronga harbiy zarba berganligi haqida xabar bergan edik.

Теглар

Мавзуга оид