Logo

Turkiya kompaniyasi Coca-Cola Uzbekistan’ning to‘liq egasiga aylangan

Бугун 20:462 дақиқа

Coca-Cola Uzbekistan to‘liq sotib olindi. TXIF-2026 da Turkiyaning “Anadolu Group” xoldingi kompaniyaning qolgan ulushini ham qo‘lga kiritib, yagona egaga aylanganini ma’lum qildi.

Turkiya kompaniyasi Coca-Cola Uzbekistan’ning to‘liq egasiga aylangan © Coca-Cola Uzbekistan

Turkiyaning “Anadolu Group” xoldingi Coca-Cola Uzbekistan kompaniyasiga to‘liq egalik qilayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Vaqt.uz ishtirok etgan, V Toshkent xalqaro investitsiya forumida (TXIF-2026) bo‘lib o‘tgan Turkiya—O‘zbekiston biznes forumida aytildi.

Forumda Turkiyaning “Anadolu Group” xoldinigining O‘zbekiston bo‘yicha maslahatchisi Ezel Ag‘aog‘li qatnashdi va bitim tafsilotlari haqida gapirib berdi.

Coca-Cola Uzbekistan’ning 57,1 foiz ulushi 2021 yilda Turkiyaning Coca-Cola İçecek A.Ş. kompaniyasi tomonidan 252 mln dollarga sotib olingandi. Coca-Cola İçecek A.Ş. “Anadolu Group” xoldingi tarkibidagi kompaniyalardan biri hisoblanadi.

Ezel Ag‘aog‘lining ta’kidlashicha, “Anadolu Group” keyinchalik qolgan 42,9 foiz ulushni ham sotib olgan. Shundan beri kompaniyaning O‘zbekistonga kiritgan investitsiyalari hajmi 550 mln dollardan oshgan.

Bundan tashqari, xolding “Anadolu Isuzu” kompaniyasi (SamAuto brendi) orqali 80 mln dollardan ortiq sarmoyani ham amalga oshirgani qayd etildi. Turkiya kompaniyasi vakilining ma’lum qilishicha, “Anadolu Group”ning rejalaridan O‘zbekistonda ekotizim tashkil qilish ham o‘rin olgan.

Ma’lumot uchun, Coca-Cola Uzbekistan kompaniyasining 57,1 foiz ulushi 252 mln dollarga xususiylashtirilgani O‘zbekiston uchun eng yirik bitimlardan biri bo‘lgandi.

Coca-Cola O‘zbekistonda daromadini ko‘paytirmoqda

Coca-Cola, Fanta, Bonaqua va Sprite kabi ichimlik brendlariga egalik qiluvchi Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan’ning sof foydasi 2025 yilda 1,15 trln so‘mni tashkil etgan.

Bu davrda kompaniya daromadi 40 foizga o‘sib, 7,6 trln so‘mga yetdi. Shuningdek, 2025 yilda Coca-Cola’ning O‘zbekistondagi yillik o‘sish sur’ati 33,7 foizni tashkil etib, umumiy hajm 220 mln donaga yetdi.

Bu kompaniya kuniga o‘rtacha 602 ming 740 dona ichimlik sotib, 20 mlrd 821 mln so‘m daromad olganini anglatadi.

Теглар

Мавзуга оид