Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari BMTning Inson huquqlari bo‘yicha maslahatchisi bilan uchrashdi
Uchrashuv davomida tomonlar Turkmaniston va BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, Universal davriy sharh mexanizmi doirasidagi o‘zaro aloqalar bo‘yicha fikr almashdilar.

Turkmaniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Myahri Byashimova BMTning Inson huquqlari bo‘yicha maslahatchisi Pavlo Bialik bilan uchrashdi. Bu haqda Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Uchrashuv davomida tomonlar Turkmaniston va BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, Universal davriy sharh mexanizmi doirasidagi o‘zaro aloqalar bo‘yicha fikr almashdilar.
Tomonlar inklyuziv jamiyatni rivojlantirish, teng imkoniyatlarni ta’minlash va inson huquqlarini himoya qilish sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma ishlarni davom ettirish muhimligini ta’kidladilar.
Uchrashuv davomida hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, tajriba almashish, ekspertlar ko‘magi doirasida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga o‘zaro qiziqish bildirildi.





