Logo

«Uzum Market» tizimida texnik nosozlik yuz berdi: platforma vaqtincha ishlamayapti

Бугун 18:001 дақиқа

Sayt yoki ilovani ochishga urinilganda xatolik ko‘rsatilmoqda.

«Uzum Market» tizimida texnik nosozlik yuz berdi: platforma vaqtincha ishlamayapti

O‘zbekistonning eng yirik marketpleyslaridan biri bo‘lgan «Uzum Market» platformasi faoliyatida texnik nosozlik yuz berdi va ayrim xizmatlar vaqtincha ishlamayapti. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Payshanba kuni ertalabdan boshlab foydalanuvchilar marketpleys sayti yoki mobil ilovasini ochishga uringanda xatolik yuzaga kelayotgani kuzatilmoqda. Ta’kidlanishicha, ushbu uzilishlar tizimlarni rejali yangilash jarayonida kutilmaganda yuz bergan texnik nosozlik oqibatida kelib chiqqan.

«Hozirda jamoa xatolikni bartaraf etish ustida ishlamoqda, faoliyatni kun davomida tiklashni mo‘ljal qilganmiz», — deya ma’lumot bergan kompaniya vakillari.

Ta’kidlanishicha, ushbu holat fonida «Uzum Market» tarqatish punktlarida (PVZ) mijozlarning buyurtmalarini saqlash muddatlari uzaytirilgan. Shuningdek, platformada faoliyat yurituvchi sotuvchilarning o‘z tovarlarini markaziy omborlarga jo‘natish taymslotlari (vaqt oraliqlari) ham boshqa vaqtga ko‘chirilgan.

Теглар

Мавзуга оид