Yer ijarasini uzaytirishning yangi tartibi tasdiqlandi

Бугун 10:251 дақиқа

O‘zbekistonda yer uchastkasining ijara shartnoma muddatini uzaytirish uchun davlat xizmatlari markazi yoki MyGov portali orqali onlayn murojaat qilishi mumkin.

Yer ijarasini uzaytirishning yangi tartibi tasdiqlandi © Paxtachilik kengashi

O‘zbekiston hukumatining 2026 yil 18-maydagi 255-son qarori bilan yer uchastkasining ijara shartnomasini yangi muddatga uzaytirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Yangi tartib yer ijarasini uzaytirish jarayonini raqamlashtirish va ortiqcha byurokratik bosqichlarni qisqartirishga qaratilgan.

Qarorga muvofiq, ariza beruvchilar yer ijarasini uzaytirish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki «my.gov.uz» yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishi mumkin. Bu fuqarolar va tadbirkorlarga hujjatlarni masofadan turib topshirish imkonini beradi.

Ariza berish tartibi

Arizaga avval rasmiylashtirilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi ilova qilinadi. Agar murojaat ijarachining o‘rniga boshqa shaxs tomonidan berilsa, tegishli ishonchnoma ham taqdim etilishi talab etiladi.

Reglamentga ko‘ra, ijaraga beruvchi vakolatli organlardan zarur ma’lumotlarni olganidan keyin 10 ish kuni ichida yer uchastkasidan muntazam foydalanilgani yoki foydalanilmaganini tekshiradi. Shuningdek, ariza ma’qullangani yoki rad etilgani haqida xabarnoma shakllantirilib, murojaat etuvchiga yuboriladi.

Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Yer uchastkasining ijara shartnomasi tuman yoki shahar hokimligi tomonidan imzolangandan keyin avtomatik tarzda ariza beruvchiga yetkaziladi.

Теглар

Мавзуга оид