Yeridan ajralgan fermerlar jarima xavfi ostida qolmoqda

Бугун 21:461 дақиқа

Yer maydoni qaytarib olinganidan keyin ko‘plab fermer xo‘jaliklari yuridik jihatdan tugatilmagani sababli, ularga soliq hisobotlari topshirilmagan deb baholanib, avtomatik jarimalar hisoblanmoqda.

Yeridan ajralgan fermerlar jarima xavfi ostida qolmoqda

Savdo-sanaot palatasida tadbirkorlar ishtirokida o‘tkazilgan ochiq muloqotda fermerlar bilan bog‘liq huquqiy muammolar ko‘tarildi. Amalda fermer xo‘jaliklarining yer uchastkalari qaytarib olinganda, aksariyat mulkdorlar xo‘jalik ham avtomatik tarzda tugatiladi deb hisoblaydi. Biroq amaldagi qonunchilikka ko‘ra, yerdan ajratilish yuridik shaxsning faoliyati avtomatik yakunlanishini anglatmaydi.

Yuridik shaxsni tugatish alohida tartib asosida amalga oshiriladi va bu jarayon muayyan muddat talab qiladi. Agar fermer xo‘jaligi davlat ro‘yxatidan chiqarilmasa, u rasman faol subyekt sifatida saqlanib qoladi.
Natijada esa soliq organlari tomonidan hisobot topshirilmagan deb baholanib, fermer xo‘jaliklariga avtomatik ravishda jarimalar qo‘llanilmoqda. Ayrim holatlarda esa fermerlar bu jarimalar haqida faqat qarzdorlik yuzaga kelgandan keyin xabar topmoqda.

Muammoni hal etish uchun bildirilgan takliflar

Yer maydoni qaytarib olingan fermer xo‘jaliklarini avtomatik ravishda xabardor qilish;
Ularni ixtiyoriy tugatish yoki qayta tashkil etish bo‘yicha soddalashtirilgan mexanizm joriy etish;
Yer uchastkasi qaytarib olingan sanadan keyin amalda faoliyat yuritmagan fermer xo‘jaliklariga nisbatan qo‘llanilgan jarimalarni qayta ko‘rib chiqish tartibini belgilash.

Теглар

Мавзуга оид