Yil boshidan buyon Uzcard kartalari infokiosklar orqali 2 trln so‘mga to‘ldirildi

Бугун 13:552 дақиқа

2026-yilning yanvar-fevral oylarida oyida infokiosklar orqali Uzcard kartalarini to‘ldirish hajmi 2 trln so‘mga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5 foizga oshgan.

Yil boshidan buyon Uzcard kartalari infokiosklar orqali 2 trln so‘mga to‘ldirildi

2026 yil yanvar-fevral oylarida infokiosklar orqali Uzcard bank kartalarini to‘ldirish hajmi 2 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5 foizga oshgan.

Mamlakat bo‘ylab 20 mingdan ortiq infokiosk Uzcard tizimiga ulangan. Ularning asosiy qismi to‘lov tashkilotlari tomonidan boshqariladi va aholiga bank kartalarini naqd pul bilan to‘ldirish imkonini beradi. Infokiosklar, ayniqsa, mobil ilovalardan foydalanmaydigan yoki naqd hisob-kitobni afzal ko‘radigan fuqarolar uchun muhim vosita bo‘lib qolmoqda.

Tahlillarga ko‘ra, umumiy to‘ldirishlarning 94 foizi «Paynet» infokiosklari orqali amalga oshirilgan. Buni ushbu operatorning infokiosklari O‘zbekiston hududida boshqalariga nisbatan son jihatdan ko‘pligi bilan izohlash mumkin.

Biroq o‘tgan yilga nisbatan bozorda «Paynet»ning ulushi biroz qisqardi. Bu o‘zgarishga «OSON» orqali amalga oshirilgan operatsiyalar hajmining 47 foizga oshgani asosiy omil bo‘ldi.

Shu bilan birga, banklar kesimida ham sezilarli dinamika kuzatilmoqda. Xususan, «Xalq banki» kartalari «Paynet» orqali to‘ldirishda 19 foiz ulush bilan yetakchilikni saqlab qolgan bo‘lsa-da, bu ko‘rsatkich 3 foizga pasaydi. Ushbu pasayishga «Agrobank» kartalariga tushumlarning 38 foizga o‘sib, qariyb 190 mlrd so‘mga yetgani ta’sir ko‘rsatdi. Shuningdek, «Ipak Yuli banki» kartalari bo‘yicha ham ijobiy o‘sish qayd etildi — ularning ulushi 10 foizga yetdi.

Bozorda yangi ishtirokchilar ham faollashmoqda. Xususan, «Alif» o‘z infokiosklarini metro bekatlarida o‘rnatishni boshladi. Ushbu infokiosklar orqali to‘ldirishlarda «Ipoteka-bank» (14 foiz), «Ipak Yuli banki» (13 foiz), «Xalq banki» (12 foiz) va «Milli bank» (12 foiz) yetakchi o‘rinlarni egallagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uzcard 2025 yilda 100 mln dollardan ko‘proq foyda olganligi haqida xabar bergan edik.

Теглар

Мавзуга оид