Logo

Ziroat Mirziyoyeva Iordaniya Qirolichasi bilan Ammondagi hunarmand ayollar shourumiga bordi

Бугун 21:381 дақиқа

«Jordan River Foundation» jamg‘armasi huzurida faoliyat yurituvchi ushbu shourumda ijtimoiy himoyaga muhtoj hunarmand ayollar tayyorlagan qo‘l mehnati mahsulotlari namoyish etildi.

Ziroat Mirziyoyeva Iordaniya Qirolichasi bilan Ammondagi hunarmand ayollar shourumiga bordi

O‘zbekiston Prezidentining Iordaniyaga davlat tashrifi doirasida mamlakat Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Iordaniya Qirolichasi Raniya al-Abdulloh bilan birgalikda Ammon shahridagi «Jordan River Designs» hunarmandchilik shourumiga tashrif buyurdi.

«Jordan River Foundation» jamg‘armasi huzurida faoliyat yurituvchi ushbu shourumda ijtimoiy himoyaga muhtoj hunarmand ayollar tayyorlagan qo‘l mehnati mahsulotlari namoyish etilgan.

Loyiha milliy hunarmandchilik an’analarini asrab-avaylash bilan birga ayollarning barqaror bandligini ta’minlash hamda ularning oilalari farovonligini oshirishni o‘zida mujassam etadi.

Qayd etilishicha, «Jordan River Designs» dasturi doirasida har yili 800 nafardan ortiq mahalliy hunarmand ayol ish bilan ta’minlanadi. Ular Iordaniyaning boy madaniy merosini aks ettiruvchi an’anaviy va zamonaviy mahsulotlar, jumladan, kashtachilik bilan bezatilgan interer buyumlari, gilamlar, moda aksessuarlari va esdalik sovg‘alarini tayyorlaydi.

Tashrif davomida Ziroat Mirziyoyeva bunday yondashuv kambag‘allikni qisqartirish va xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, milliy hunarmandchilik an’analarini asrab-avaylash hamda mahorat sirlarini yosh avlodga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Теглар

Мавзуга оид