AQSH Eronga qarshi «barcha bombalarning onasi»ni qo‘llashga tayyorgarlik ko‘rmoqda
CBS News'ning yozishicha, Oq uy va Pentagon Eronning harbiy obyektlariga qarshi AQSHning eng yirik noyadroviy bombasini qo‘llash imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

AQSHning Oq uyi va Pentagoni Eronning harbiy obyektlariga qarshi MOAB superqudratli aviabombasini (xalq orasida «barcha bombalarning onasi» deb ataladi) qo‘llash rejalarini ishlab chiqqan. Bu haqda CBS News telekanali ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Pentagon harbiy operatsiyalarning turli ssenariylariga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Mudofaa vazirligi vakilining so‘zlariga ko‘ra, idora prezident va vazirning yuqori darajadagi ko‘rsatmalarini bajarish hamda har qanday sharoitda missiyalar muvaffaqiyatini ta’minlash uchun keng ko‘lamli operativ ssenariylar rejalarini ishlab chiqmoqda.
Ma’muriyat vakiliga ko‘ra, Oq uy aniq rejalar mavjudligini tasdiqlashdan bosh tortgan. Maxfiy harbiy rejalar sharhlanmaydi va prezident Tramp Eronning hech qachon yadro quroliga ega bo‘lmasligini kafolatlash uchun barcha mumkin bo‘lgan variantlarni ko‘rib chiqmoqda.
Ma’lum qilinishicha, MOAB AQSHning eng yirik noyadroviy bombasi hisoblanadi. Uning og‘irligi 13,6 tonnadan oshadi, qiymati esa taxminan 170 ming dollarni tashkil etadi.
2017 yilda Amerika harbiylari ushbu qurolni Afg‘onistondagi terrorchilik guruhining g‘origa qarshi qo‘llagan.





