JCH-2026. Jazoir Iordaniya ustidan irodali g‘alabaga erishdi
Shu tariqa turnir debyutantlaridan yana biri musobaqa bilan xayrlashdi.

Jahon chempionatida J guruhida ham 2-tur bahslari yakunlandi.
Iordaniya (0) Jazoirga (3) qarshi o‘yinda hisobda oldinga chiqib olgan bo‘lsa-da, yakunda kambek qurboni bo‘ldi va pley-offga chiqish imkoniyatini yo‘qotdi.
Avvalroq guruhning birinchi bahsida Argentina (6) Avstriya (3) ustidan g‘alaba qozonib, muddatidan avval keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.
JCH-2026. J guruhi. 2-tur
Iordaniya — Jazoir 1:2
22-iyun. Santa-Klara
Gollar: Ar Rashdan (36) — Benbuali (69), Guiri (82).
Iordaniya — Abulayla, Nasib, Al Arab, Abu Dahab (Obaid, 90+1), Haddod, Ar Rashdon, Ar Ravabdeh, Taha (Abu Hashish, 84), Olvan (Sharar, 90+2), Al Mardi (Al Fakhuri, 76), At Tamari (Azaizeh, 84).
Jazoir — Zidan, Belgali, Mandi, Bensebayni, Ait-Nuri (Hajam, 85), Budaui (Benbuali, 46), Zerruki (Bintolib, 46), Mahrez (Haj Musa, 76), Maza, Shaibi, Guiri (Belaid, 86).
Ogohlantirishlar: Zerruki (44), Abu Dahab (64).

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026
JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.





