Logo

Octobank Uzbekistan Airways aviachiptalari uchun Apple Pay va Google Pay orqali to‘lov qilish imkoniyatini taqdim etdi

Onlayn to‘lov Octobank texnologik infratuzilmasida ishlaydi

Octobank Uzbekistan Airways aviachiptalari uchun Apple Pay va Google Pay orqali to‘lov qilish imkoniyatini taqdim etdi

Octobank o‘zining internet-ekvayring imkoniyatlarini kengaytirdi va Uzbekistan Airways uchun Apple Pay va Google Pay orqali to‘lovni uladi.

Endi aviachiptani onlayn xarid qilishda yo‘lovchi bank kartasi rekvizitlarini kiritishi shart emas — raqamli hamyonni tanlash va to‘lovni smartfonda tasdiqlashning o‘zi kifoya.

To‘lov jarayonida tokenlashtirilgan ma’lumotlardan foydalaniladi: bank kartasining haqiqiy rekvizitlari savdo shoxobchasiga uzatilmaydi.

«Aviachiptani smartfondan bir necha harakat orqali to‘lash imkoniyati bugungi kunda odatiy mijoz tajribasining bir qismiga aylanmoqda. Octobank uchun nafaqat yangi to‘lov usulini qo‘shadigan, balki xarid jarayonini tezroq va qulayroq qiladigan to‘lov yechimlarini ishlab chiqish muhimdir. Octobank uchun aviatsiya va turizm sohasidagi yirik kompaniyalarning birinchi hamkor bo‘lgani ayniqsa muhim. Umid qilamizki, kelajakda texnologiyaga e-commerce va xizmat ko‘rsatish sohasining boshqa vakillari tomonidan ham talab oshadi», — deydi Octobank transchegaraviy pul o‘tkazmalari va elektron tijorat bo‘yicha boshqaruvchi direktori Vladimir Vasilev

Uzbekistan Airways kompaniyasining ta’kidlashicha, yangi to‘lov usulining ishga tushirilishi yo‘lovchilar uchun chiptalarni onlayn xarid qilishni yanada qulaylashtirdi.

«Octobank bilan hamkorlikda amalga oshirilgan texnologik yechim tufayli mijozlarimiz aviachiptalarni Apple Pay va Google Pay orqali bank kartasi ma’lumotlarini kiritmasdan to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Biz Octobank bilan hamkorlikni va uning O‘zbekiston aviatsiya sanoati uchun zamonaviy raqamli to‘lov yechimlarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasini qadrlaymiz», — deya ta’kidladi "Uzbekistan Airways" AJ matbuot xizmati.

Octobank internet-ekvayring doirasidagi va onlayn to‘lovni qabul qiluvchi kompaniyalarga ham Apple Pay va Google Pay ulanishi imkoniyati mavjud.

Octo-mobile ilovasini yuklab olish
Instagram: @octobank.uz
Facebook: www.facebook.com/octobank.aj
YouTube: @octobank
Telegram: t.me/Octobank_AJ
Сайт: octobank.uz
Телефон: +998 71 202-33-33
Манзил: Ул.Фурката, 2А

Teglar

Mavzuga oid