add

Oltin davrning oltin yoshlari: BUSINESS TIMEʼda Sardor Bazalt

Bugun 20:00512 daqiqa

Biroz tanaffusdan so‘ng Business Time ko‘rsatuvini yana boshladik. Bu safar bazalt tolalardan izolyatsiya materiallari, armaturalar va geotekstil ishlab chiqarishga ixtisoslashgan SA Group kompaniyalari guruhi rahbari Sardor Tursunov bilan suhbatlashdik.

31 yoshli, 5 farzandning otasi, O‘zbekistondagi ishbilarmonlik muhitida Sardor Bazalt nomi bilan tanilishga ulgurgan yosh tadbirkor Sardor Tursunov ayni paytda SA Group kompaniyalar guruhini boshqarmoqda.

U boshqarayotgan kompaniyalar guruhiga quyidagi kompaniyalar kiradi:

      Thermo Plus — bazalt issiqlik izolyatsiyasi (bazalt tola) ishlab chiqaruvchi zavod;

      Geotex — geotekstil va geosintetik materiallar;

      Rebar — bazalt/shisha plastik armatura va to‘rlar;

      Thermo Systems — bazalt izolyatsiyasi asosida kompleks isitish yechimlari.

Ayni paytda Thermo Plus kompaniyasi zavodi Xorazm viloyatida bazalt tolalarda izolyatsiya materiallari ishlab chiqarmoqda. Mahsulotlar ichki bozorda ham, tashqi bozorda ham sotilmoqda. Kompaniya millionlab dollarlarda o‘lchanadigan aylanmaga ega.

Sardorbek Tursunovning aytishicha, zavod 110 foizlik quvvat bilan ishlamoqda. Tez orada yangi tosh erituvchi qurilma ishga tushiriladi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi 3 barobarga oshadi.

Kompaniyalar guruhi 350 kishilik ulkan jamoani boshqarmoqda. Yanada ko‘proq ish o‘rinlarini yaratish ko‘zda tutilgan. U prezident Shavkat Mirziyoyev bilan ikki marta uchrashishga muvaffaq bo‘lgan. Ishlab chiqarish borasida eng katta maslahat va yo‘riqlarni aynan Prezidentdan olganini ta’kidlaydi.

Umuman, dasturda Sardor Tursunov sohaga qanday kirib kelgani, oilasi, do‘stlari, ilk investitsiyasini kimlar kiritgani, rossiyalik hamkori Adhamjon Hamidov haqida, shuningdek, korxonaning kelgusidagi rejalari haqida so‘zlab bergan.

Darvoqe, kompaniya nomidagi SA abbreviaturasi ham Sardor va Adhamjon ismlarining bosh harflaridan olingan. Adhamjon Hamidov qirg‘izistonda tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 2000 yildan buyon Moskvada istiqomat qiladi.

«O‘zbekiston — ikkinchi uyim bo‘lib qoldi. Har oyning ikki haftasini shu yerda o‘tkazaman, qolgan yarmini oilam davrasida. Sardorbek esa allaqachon sherik emas, o‘z tug‘ishgan ukamdek bo‘lib qolgan», deydi u.

Bundan tashqari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar qurilish mustahkamligi va energiya samardorligida qanday ahamiyatga ega ekanligi haqida ham batafsil tushuntirib berdi.

O‘z biznesini ochmoqchi bo‘lib yurgan yosh tadbirkorlarga uchta eng jo‘yali maslahatini ham bergan.

Shuhrat Shokirjonov suhbatlashdi.

Teglar

Shuhrat Shokirjonov

Shuhrat ShokirjonovMaqolalar soni: 63

Barchasi

Mavzuga oid