add

O‘zbekiston va GM Chevrolet modellarini ko‘paytirib, lokalizatsiyani oshiradi

Bugun 09:383271

Prezident Mirziyoyev Vashingtonda General Motors rahbariyati bilan uchrashuvda yangi modellar, yuqori lokalizatsiya va yangi texnologiyalar bo‘yicha loyihalarni muhokama qildi.

O‘zbekiston va GM Chevrolet modellarini ko‘paytirib, lokalizatsiyani oshiradi

6 noyabr kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tgan ish safari doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev General Motors International kompaniyasining global ijrochi direktori Shilpan Aminni qabul qildi. Uchrashuv davomida O‘zbekistonda Chevrolet modellarini kengaytirish va ishlab chiqarishni lokalizatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.

photo_2025-11-07 09.10.05

GM so‘nggi besh yilda O‘zbekistonda 1,6 mln avto ishlab chiqardi. Mamlakatimiz Chevrolet uchun AQSHdan keyingi eng yirik bozorga aylandi. Shuningdek, brend Markaziy Osiyo va MDHdagi sotuvlarda yetakchilik qilmoqda.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tomonlar yangi modellar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, ishlab chiqarish nomenklaturasini kengaytirish va lokalizatsiyani chuqurlashtirishga kelishib oldi. Shu bilan birga, zamonaviy mashinasozlik uchun talab yuqori bo‘lgan xomashyo va texnologiyalar sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.

photo_2025-11-07 09.10.08

GM bilan lokalizatsiya darajasi allaqachon yuqori ko‘rsatkichlarga yetmoqda. Yangi Onix va Tracker modellarida 58 foiz tarkibiy qismlari O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan. UzAuto Motors 2027 yilgacha bu ko‘rsatkichni 80 foizgacha yetkazishni maqsad qilgan.

photo_2025-11-07 09.10.10

Joriy yilda UzAuto Motors yangi Chevrolet Cobalt MCM hamda 1,46 mlrd so‘mlik Chevrolet Tahoe 2025 modellarini taqdim etdi. Kompaniya Xorazmdagi zavodda Damas minivenining yangi versiyasini ishlab chiqarishni ham rejalashtirmoqda. 

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekiston va GM Chevrolet modellarini ko‘paytirib, lokalizatsiyani oshiradi | Vaqt.uz