Peskovning O‘zbekistonga da’vati, Armaniston-Rossiya munosabatlaridagi keskinlik va Ukraina urushidagi burilish pallasi | Fikr vaqti

Kreml Yerevanni Ukraina qismati bilan ogohlantirmoqda, dronlar urushni Rossiya ichkarisiga ko‘chirdi, Peskov esa Toshkentni YOIIga chorlamoqda. Dunyo va mintaqa taqdirini belgilayotgan uchta keskin geosiyosiy to‘qnashuv — «Fikr vaqti»da.

Dunyo va mintaqadagi siyosiy jarayonlar shu qadar tezlashdiki, voqealar rivojini kuzatishga ulgurish qiyin. «Fikr vaqti» dasturining navbatdagi sonida ayni shu shiddatli jarayonlar ichidan eng muhim va bahsli uchta mavzuni tahlil qilamiz.

Armanistondagi saylovlarga atigi bir hafta qoldi. Moskva va Yerevan munosabatlaridagi sovuqchilik esa eng keskin pallasiga yetdi. G‘azabga mingan Kreml Yerevanga qarshi jiddiy amaliy choralarni boshlab yuborgan. Hatto Armaniston bosh vaziri urush xavfi haqida ogohlantirmoqda. Moskva o‘z ta’sir doirasini saqlab qolish uchun mintaqadagi boshqa davlatlarni ham jarayonga jalb qilishdan tap tortmayapti. Xo‘sh, Yerevanda aslida nimalar bo‘lyapti? Armaniston o‘z geosiyosiy tanlovini himoya qila oladimi?

Shu bilan birga, Ukraina frontidagi vaziyat ham yangi bosqichga chiqdi. Ukraina armiyasi texnologik dronlar yordamida havoda ustunlikni qo‘lga kiritmoqda. Eng muhimi — urush tobora Rossiyaning ichkarisiga ko‘chyapti. Tez-tez berilayotgan zarbalar jang maydonidagi reallikni o‘zgartira oladimi? Bu omil urush yakuniga qanday ta’sir qiladi?

Biz uchun eng dolzarb masala esa Kreml vakili Dmitriy Peskovning bayonoti bo‘ldi. U O‘zbekistonni yana Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lishga faol chorlamoqda.

Bugungi murakkab geosiyosiy vaziyatda bu ittifoqqa qo‘shilish O‘zbekiston uchun qanday xatarlarni paydo qiladi? Iqtisodiy manfaatlar ortida aslida qanday siyosiy tuzoqlar yashiringan?

Ayni shu savollarga siyosatshunoslar Farhod Tolipov va Shuhrat Rasul bilan birgalikda javob izladik.

Teglar

Ilyos Safarov

Ilyos SafarovMaqolalar soni: 93

Barchasi

Mavzuga oid