Ravshan «Zolotoy» ham xalqaro qidiruvga berildi

Bugun 12:322 daqiqa

U O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining ikki moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda ayblanmoqda.

Ravshan «Zolotoy» ham xalqaro qidiruvga berildi © Равшан Муҳитдиновнинг ижтимоий тармоқдаги саҳифасидан

Omma orasida Ravshan «Zolotoy» nomi bilan tanilgan, taniqli tadbirkor G‘ofur Rahimovning jiyani Ravshan Muhitdinov Interpol orqali qidiruvga berildi.

37 yoshdagi Ravshan Muhitdinov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 173-moddasi 3-qismi (Mulkni qasddan yo‘q qilish yoki shikastlash) 242-moddasi 2-qismi (Jinoiy uyushma tashkil etish), 277-moddasi 3-qismi (Bezorilik) bilan ayblanmoqda.

Ravshan Muhitdinov kim?

Ravshan Muhitdinov 1989-yilda Toshkentda tug‘ilgan. U yoshligidan Ravshan «Zolotoy» nomini olgan. Uning tog‘asi bilan mojarolar sabab uni O‘zbekistonga kira olmagani haqida ham mish-mishlar tarqalgan.

Muhitdinov tog‘asi G‘afur Rahimovga nisbatan tazyiqlar kuchaygan davrda og‘ir jinoyatlarda ayblangan va mamlakatni tark etgan. OAVda e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2007-yil 18 yoshda bo‘lgan Ravshan Muhitdinov Jinoyat Kodeksining 242-moddasi (Uyushgan jinoiy guruh tuzish va unga bevosita rahbarlik qilish)da ayblanib, qidiruvga berilgan. U asosan Turkiyaning Istanbul va Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shaharlarida istiqomat qilgan.

image_2026-04-17_12-31-01

2009-yil sentabrda Interpol orqali qidiruvga berilgan Ravshan Muhiddinov Turkiyaning Istanbul shahrida Otaturk aeroportida hibsga olingan. Shuningdek, hibsga olinganidan so‘ng 3 yil davomida Istanbuldagi Moltepa qamoqxonasida saqlangan va O‘zbekiston tomoni ilgari surgan ayblovlar o‘z isbotini topmagani uchun ozod etilgan.

Qo‘shimcha ma’lumotlarga ko‘ra, 2013-yil oktabrda Birlashgan Arab Amirliklarida takroran hibsga olingan Ravshan «Zolotoy» 2013-yil dekabriga qadar Dubaydagi Al-Avir qamoqxonasida ushlab turilgan va O‘zbekiston tomoni ilgari surgan ayblovlar o‘z isbotini topmagani uchun ozod etilgan.

O‘sha vaqtda OAVga intervyu bergan Ravshan Muhitdinovning otasi Bahodir Muhitdinov o‘g‘liga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini oradan 12 yil o‘tib qayta ko‘rib chiqishni so‘rab, prezident Shavkat Mirziyoyev nomiga maktub yo‘llaganini aytgan. Oradan ikki oy o‘tib, Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi tergovchilari u bilan bog‘lanib, o‘g‘liga nisbatan e’lon qilingan qidiruv olib tashlangani va 12 yil muqaddam qo‘zg‘atilgan tergov ishi qaytadan ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qilganini aytgan. Ravshan «Zolotoy»ning otasiga ko‘ra¸ bo‘lib o‘tgan janjalning boshqa ishtirokchilari ham o‘g‘lining janjalga aralashmagani haqida ko‘rsatma bergan.

2019-yilning 11-iyulida Ravshan «Zolotoy» O‘zbekistonga qaytadi. Uning Toshkentga qaytishi arafasida ichki ishlar vazirligi saytining qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatidan Muhitdinovning ism sharifi olib tashlangan. 2019-yil 11-iyul kuni O‘zbekistonga qaytgani aytilgan Ravshan Muhiddinov oradan bir necha kun o‘tib, aniqrog‘i 24-iyul kuni yana mamlakatni tark etgani aytildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq «O‘zmetkombinat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining sobiq raisi Dilshod Tursunqulovich Ahmedov xalqaro qidiruvga berilgandi.

Teglar

Mavzuga oid