Logo

Shavkat Mirziyoyev Si Jinpinni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Jinpinni tavallud kuni bilan tabriklab, ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik va do‘stona munosabatlar izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev Si Jinpinni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Jinpinga tavallud kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

Maktubda Xitoy Xalq Respublikasi va Xitoy Kommunistik partiyasining ulug‘ siyosiy namoyandasi sifatida Si Jinpin Vatan va xalqqa bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbat, ulkan mas’uliyat hissi va uzoqni ko‘ra olishga asoslangan strategik tafakkur bilan mamlakat xalqini yangi marralar sari boshlab borayotgani, uning oqilona rahbarligi ostida Xitoy modernizatsiyasi izchil davom etayotganini, millatning buyuk tiklanishi va yuksalishiga qaratilgan siyosatingiz mamlakatingiz tarixiga yorqin sahifa sifatida yozilayotganini ta’kidlandi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi kundagi yuksak sur’atda rivojlanayotganiga alohida e’tibor qaratildi. So‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro ishonch va barcha sharoitlardagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari yil sain mustahkamlanib borayotgani aytildi. O‘tgan yillar davomida barcha asosiy sohalarda o‘zaro manfaatli va ko‘p pog‘onali hamkorlik mexanizmlari shakllantirilgani, «Bir makon — bir yo‘l» tashabbusi doirasida katta amaliy natijalarga erishilgani qayd etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev umumiy sa’y-harakatlar va oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan barcha kelishuvlarni to‘liq amalga oshirish orqali O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlikni yangi sifat bosqichiga ko‘tarish mumkinligiga ishonch bildirdi.

Yakunda O‘zbekiston rahbari Si Jinpinga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli davlatchilik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, Xitoy xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va bardavom taraqqiyot tiladi.

Teglar

Mavzuga oid