TAF!26 xalqaro reklama konferensiyasi: biznesingiz reklamasida yangi bosqichga chiqish imkoniyati
2026-yil 10-oktabrda Toshkentda, «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasida sakkizinchi Toshkent TAF!26 xalqaro reklama festivali bo‘lib o‘tadi. Dastur davomida 7 ta sahnada xalqaro konferensiya, samaradorlik va kreativlik tanlovi, g‘oliblarni taqdirlash marosimi va xalqaro ekspertlar bilan panel muhokamalari tashkil qilinadi.

Nega bu yilgi TAF!26 festivalida qatnashish manfaatli?
Festivalda allaqachon amalga oshirilgan loyihalar bo‘yicha ekspertlik tajribasining ulkan hajmi hamda bugun ish beradigan, ertaga ham dolzarbligini yo‘qotmaydigan sinalgan vositalardan foydalanish, O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Ozarboyjon, Buyuk Britaniya, Fransiya, Shveysariya, Bolgariya, Singapur va boshqa mamlakatlardan yetakchi ekspertlar va bozor yetakchilari bilan shaxsan tanishish imkoniyati bo‘ladi. Shu bilan birga, biznesingiz yoki karerangizni yangi bosqichga olib chiqa oladigan amaliy aloqalar va hamkorlik o‘rnatishingiz mumkin. Qolaversa, festival hamkorlaridan sovg‘alar va syurprizlar ham o‘rin olgan.

Festival kim uchun foydali bo‘ladi?
Xalqaro miqyosda o‘sish va raqobat qilish istagida bo‘lgan biznes sohiblari, innovatsiyalarni tatbiq etishga intiluvchi kompaniyalar va marketing bo‘limlari rahbarlari, soha voqealarining markazida bo‘lishni istaydigan marketologlar va reklama agentliklarining xodimlari, rivojlanishni va mijozlar bazasini kengaytirishga intilayotgan frilanserlar va barcha reklama tarmog‘i bilan qiziquvchilar uchun festival juda foydali bo‘ladi.

Dastur va format
Tongda — ochilish, hamkorlar qutlovi, Qirg‘iziston va Ozarboyjon reklama uyushmalari o‘rtasida Hamkorlik memorandumining imzolanishi va xalqaro ekspertlar panel muhokamasi o‘rin olgan. Keyin konferensiya darhol 6 ta zal va 7 ta panel seksiyasiga taqsimlanadi — hammasini tinglash jismonan imkonsiz, shu sababli tashkilotchilar barcha qatnashchilarga hamma chiqishlarning yozuvlari bilan tanishish imkonini beradi.
Oqshomda — TAF!26 tanlovi xalqaro ha’kam hay’ati a’zolarining panel muhokamasi (unda ekspertlar tanlovga kelib tushgan keyslarni muhokama qiladi); festival hamkorlari hamda 35 ta nominatsiyada xalqaro ha’kam hay’ati qaroriga ko‘ra tanlangan tanlov g‘oliblarini taqdirlash tantanali marosimi; shuningdek «Industry Choice» ilk industriya sovrinlarini topshirish.

«Yilda bir marta biz barcha muvaffaqiyatli va faol industriya vakillarini bir maydonga jamlaymiz — festivalning asosiy qimmati shunda. Bu yil biz oldingi festivallarda orttirgan tajribamizga asoslanib, barcha sahnalarni mahalliy ekspertlarga taqdim etamiz: aynan ular mahalliy kun tartibini hammadan yaxshi biladi va bozorimizda nima ish berishini tushunadi. Ammo shu bilan birga, spiker sifatida TAF!26 tanlovi xalqaro ha’kam hay’atining juda mashhur a’zolarini olib kelamiz — toki qatnashchilarda tanlov keyslarini ular bilan shaxsan muhokama qilish va ular xalqaro miqyosda qanday baholashlarini tinglash imkoni bo‘lsin. Bunday mahalliy va global qarashlarning uyg‘unligi konferensiyaning o‘ziga xosligini ta’minlaydi», — O‘zbekiston marketing uyushmasi boshqaruvi raisi, TAF!26 festivali tashkilotchisi Diyor Mirzaahmedov.
TAF!26 konferensiyasining qiziqarli mavzulari va spikerlaridan misollar
Konferensiya bir paytda 6 ta zalda 7 ta seksiyada bo‘lib o‘tadi. Quyida bu kunni oldindan rejalashtirishga arziydigan mavzulardan ayrimlarinigina keltirilgan:
Impact Session — plenar qism
Festival ochilishi, Qirg‘iziston va Ozarboyjon reklama uyushmalari o‘rtasida memorandum imzolanishi, «Uzum Market» ekspertlarining chiqishlari va xalqaro ekspertlarning panel muhokamalari butun kunga tatiydi.
Digital communications
Igor Kim va Lizaveta Yelinevich (Wunder Digital) — «AI davrida Google Ads: avtomatlashtirishdan biznes-natija sari»
Nana Mardoyan (Ipak Yuli Bank va MONIX) — «Budjetlar poygasidan keyingi bank marketingi: hamma bir xil narsa sotayotganda qanday o‘sish va qizib ketgan bozorda barqaror o‘sishni qurish mumkin».
Odilbek Qodirboyev (Yandex Ads) — «Dijital-radar: O‘zbekistonda media-iste’mol va reklama formatlari qanday o‘zgarmoqda».
Gabit Manapov (Okori Media Group) — «Biznes vazifasiga ko‘ra digital-kanallar: to‘g‘ri mediamiks qanday tanlanadi»
Ahmad Hayitov (Uzum Tezkor) — «Xaridlar bor joyda reklama: O‘zbekistonda Retail Media’ning yangi davri».
Seksiyada jami 11 nafar ekspert chiqish qiladi, qatnashchilarni yana dolzarb «Inhouse yoki agentlik» mavzusida panel muhokama kutadi.
Creative & Craft
Asma Humoyun (Shiny Toy Guns, Buyuk Britaniya) — «Less Is More: How Creativity Can Create Meaningful Change»
Vitor Menezis (VML Paris Agency, Fransiya) — «The Bar Has Never Been So Low. The Bar Has Never Been So High»
Samuil Petkov (All Channels Communication, Bolgariya) — «Brands Need Fans, Not Consumers»
Farhod Norboyev*, (Lokals United) — «Katta brend uchun 7 qadam*»
Qo‘shimchasiga kutilmagan mehmon: stendap-komik Mirshakar Fayzullayev kreativda yumor qanday ishlashi haqida so‘zlab beradi.
Branding
Folker Vrage (wrage / antwort, Shveysariya) — «Say Hello to Goodbye: How Art Can Help You Sell»
Yelena Palamarchuk (Jekyll & Hyde, Rossiya) — «Seksual brendlar qanday yaratiladi»
Aliyar Guseynov (P&G, Ozarboyjon) — «Superiority of Branding & Design»
Mixail Lelikov (Opencore, Rossiya) — «Yomon bo‘lish – yaxshimi? Brendning negativ obrazini farqli nuqtaga qanday aylantirish mumkin»
Mahalliy nigoh — Aleksandr Ustinov O‘zbekiston raqamli bank dizayni boshqa bozorlarni nimalarga o‘rgatishi haqida so‘zlaydi.
Local opportunities
Nosir Nosirjonov (605 Creative Agency) — «Qishloqi o‘zbeklar dunyo miqyosida kreativ bo‘la oladimi?»
Shahzod Haydarov (Synthesis) — «Jaydaqi Marketing»
Go‘zal Gapilova ( iTV) — «Brend pozitsiyalash va brend tanlash sabablari»
Izzatullo Habibullayev (Meridians Marketing) — «Telegram Ads'da qanday qilib real natija olish mumkin: strategiyadan sotuvgacha».




