add

2035 yilga borib O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli ikki barobarga oshadi — BCG

24.10.2025 | 08:573342

Boston Consulting Group prognoziga ko‘ra, O‘zbekistonda 2035 yilgacha elektr energiyasi iste’moli ikki baravar o‘sib, hozirgi 68 mlrddan 123 mlrd kWhʼga yetadi.

2035 yilga borib O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli ikki barobarga oshadi — BCG

Toshkentda Franklin Templeton va O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi (UzNIF) tashabbusi bilan o‘tkazilgan «Investorlar kuni» forumida energetika bozorining istiqbollari muhokama qilindi. Boston Consulting Group (BCG) hisob-kitoblariga ko‘ra, mamlakatdagi elektr energiyasi iste’moli 2035 yilgacha qariyb ikki barobarga o‘sib, 123 mlrd kWhʼga yetishi kutilmoqda.

Asosiy o‘sish sanoat, aholi, transport va raqamli infratuzilma hisobiga ta’minlanadi. Sanoat korxonalari iste’molini 27 mlrddan 56 mlrd kWh gacha, aholi sektori esa 19 mlrddan 28 mlrdgacha oshiradi. Elektr isitish tizimlariga o‘tish yana 10 mlrd kWh qo‘shimcha talab yaratadi. Elektrotransport hisobiga iste’mol 1,6 mlrddan 5,5 mlrd kWh gacha ko‘payishi, data-markazlar faoliyati esa 9 mlrd kWh gacha elektr sarfini talab qilishi kutilmoqda.

Rivojlanayotgan talabni qondirish uchun 34 GVt quvvatdagi yangi energiya manbalarini ishga tushirish rejalashtirilgan. Buning asosiy qismi quyosh va shamol elektr stansiyalari hissasiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, 9 ming kilometr elektr uzatish liniyalari, 30 dan ortiq yuqori kuchlanishli podstansiyalar va 800 ga yaqin taqsimlash uzellari quriladi.

BCG direktori Igor Alekseyevning ta’kidlashicha, hukumat energetika sohasini 2035 yilgacha rivojlantirish bo‘yicha strategiyani tasdiqlagan. Unga ko‘ra, 2028 yilgacha elektr energiyasi ulgurji bozori yo‘lga qo‘yiladi, soatbay tarif tizimi joriy etiladi, RAB-tarif modeli ishga tushiriladi hamda xususiy operatorlar tarmoqlarni boshqarishga jalb etiladi. Shu bilan birga, yirik davlat kompaniyalarini IPO orqali bozorga chiqarish rejasi ham bor.

 

Teglar

Mavzuga oid