Logo

O‘zbekiston bozorida Pokiston elektr mototsikllari paydo bo‘lishi mumkin

Bugun 13:351 daqiqa

«Air Link Communication Limited» kompaniyasi «AirV» brendi ostidagi elektr mototsikllarini Bangladesh, Markaziy Osiyo va Afrika bozorlariga yetkazib berish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Modellardan biri bir quvvatlanishda 200 kilometrgacha masofa bosishi bildirilgan.

O‘zbekiston bozorida Pokiston elektr mototsikllari paydo bo‘lishi mumkin © Ijtimoiy tarmoqlar

Pokistonning «Air Link Communication Limited» kompaniyasi elektr mototsikllar ishlab chiqarishni kengaytirish va mahsulotlarini xalqaro bozorlarga olib chiqishni rejalashtirmoqda. Yangi «AirV» brendi ostidagi elektromototsikllar uchun ehtimoliy eksport yo‘nalishlari sifatida Bangladesh, Markaziy Osiyo va Afrika davlatlari ko‘rib chiqilyapti.

Bu haqda 25-noyabr kuni «Pakistan Today» va «PakWheels» kompaniya rahbariyatining korporativ taqdimotidagi ma’lumotlarga tayanib xabar berdi.

Hozircha eksport bo‘yicha aniq shartnomalar, yetkazib berish hajmi yoki bozorlarga kirish muddatlari e’lon qilinmagan. Shuningdek, O‘zbekistonga elektr mototsikl yetkazib berish yuzasidan alohida kelishuv haqida ham ma’lumot yo‘q.

«AirV» brendi ostida 11 ta model taqdim etilgan

«Air Link» 2026 yil 4-noyabr kuni Lohur shahrida «AirV» elektr mototsikllar brendini rasman taqdim etdi. Kompaniyaning Pokiston fond birjasiga bergan ma’lumotiga ko‘ra, brend ilk bosqichda olti seriyaga birlashtirilgan 11 ta model bilan bozorga chiqadi.

Mototsikllarda quyidagi texnologiyalardan foydalanish ko‘zda tutilgan:

  • kruiz-kontrol;

  • rekuperativ batareya texnologiyasi;

  • NFC orqali identifikatsiya;

  • o‘g‘irlikka qarshi himoya tizimi.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, ayrim modellar bir quvvatlanishda 200 kilometrgacha harakatlana oladi.

«Air Link»ning 4-noyabrda Pokiston fond birjasiga yuborgan rasmiy bayonotida «AirV» loyihasi Lohur shahridagi «Sundar Green Special Economic Zone» hududida joylashgan ishlab chiqarish maydonida amalga oshirilayotgani qayd etilgan.

Teglar

Mavzuga oid