add

AQSH jahon urushiga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Taker Karlson

08.01.2026 | 18:191 daqiqa

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, AQSH harbiy byudjetining oshirilishi yangi jahon urushiga tayyorgarlikdan dalolat beradi.

AQSH jahon urushiga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Taker Karlson

Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampning 2027 yilda mudofaa byudjetini 1,5 trillion dollargacha oshirish haqidagi qarori AQSH yangi jahon urushiga tayyorgarlik ko‘rayotganini anglatadi, deb hisoblaydi amerikalik konservativ jurnalist Taker Karlson.

«Prezident Pentagon byudjetini bir trilliondan 1,5 trillion dollargacha oshirilishini e’lon qildi... bunday budjet global yoki mintaqaviy urushga tayyorgarlik ko‘rayotgan mamlakatga xosdir... ko‘rinib turibdiki, biz jahon urushi tomon ketmoqdamiz» — dedi u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘iga joylagan video materialida.

Karlsonning fikricha, AQSH mudofaa byudjetining bunday oshirilishi uchun boshqa sabab yo‘q.

«Yaqinda bizni katta urush kutayotganini taxmin qilish mumkin va barcha belgilar bunga ishora qilmoqda, juda yaqin orada. O‘ylaymanki, buni hamma sezib turibdi, garchi bu sodir bo‘lmasligiga umid qilishsa-da, lekin biz shubhasiz shu yo‘nalishda ketyapmiz... Uzr», — deya xulosa qildi u.

Avvalroq Tramp, «juda xavotirli va xavfli davrlar»ga ishora qilib, AQSHning 2027 yilgi harbiy byudjeti 1,5 trillion dollarni tashkil etishi kerakligini ma’lum qilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid