add

Har yili 1,2 million kishi yo‘l-transport hodisasida halok bo‘lmoqda — BMT

23.10.2025 | 17:081721

BMTning hisobotiga ko‘ra, yo‘l-transport hodisalari dunyo bo‘yicha eng ko‘p o‘limlarga sabab bo‘layotgan omillardan biriga aylanib, millionlab odamlar hayotiga zomin bo‘lmoqda.

Har yili 1,2 million kishi yo‘l-transport hodisasida halok bo‘lmoqda — BMT

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, har yili dunyo bo‘yicha 1,2 millionga yaqin inson yo‘l-transport hodisalari oqibatida halok bo‘ladi. Shuningdek, 50 millionga yaqin kishi turli darajada tan jarohati oladi. Bu holat yo‘llarda xavfsizlik masalasining hali ham juda jiddiy ekanini ko‘rsatmoqda.

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ta’kidlashicha, yo‘l-transport hodisalari dunyodagi o‘lim sabablari orasida sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi. Uning fikricha, bu muammo nafaqat iqtisodiy yo‘qotishlarga, balki millionlab oilalarning taqdiriga ham ta’sir ko‘rsatmoqda.

Hisobotda aytilishicha, 5 yoshdan katta bolalar va yoshlar orasida yo‘l hodisalari eng ko‘p o‘limga sabab bo‘layotgan holat sifatida qayd etilgan. Jabrlanuvchilarning katta qismini piyodalar, velosipedchilar va mototransport haydovchilari tashkil etadi.

Tashkilot mutaxassislari bu global muammoga yechim sifatida zamonaviy va xavfsiz shaharsozlikni rivojlantirish, jamoat transporti infratuzilmasini yaxshilash hamda shlem va xavfsizlik kamarlaridan majburiy foydalanishni tavsiya qilgan.

«Yo‘llarda tezlikni samarali nazorat qilish, qonun talablariga qat’iy rioya etish va favqulodda holatlarda tezkor yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish orqali millionlab insonlarning hayotini saqlab qolish mumkin», — deyiladi BMT bayonotida.

Teglar

Mavzuga oid