
Markaziy Osiyoda suv inqirozi: O‘zbekiston suv xavfsi bo‘yicha zaif nuqtada turibdi
26.05.2025 | 21:158523
2040 yilgacha O‘zbekiston suv tanqisligining ekstremal darajasida yashashi mumkin. Mamlakat suvning 80 foizini tashqi manbalardan oladi, lekin har yili katta miqdorda suv isrof bo‘lmoqda. Bu esa suv xavfsizligini ta’minlash choralarini kechiktirmasdan amalga oshirishni talab etmoqda.

Markaziy Osiyo mintaqasida suv yetishmovchiligi tobora kuchayib, bu hududdagi mamlakatlar, xususan, O‘zbekiston uchun jiddiy xavfni keltirib chiqarmoqda. Mutassaddilar va xalqaro tashkilotlar ma’lumotlariga ko‘ra, 2030 yilga borib 700 million kishi suv tanqisligi tufayli yashash joyini tark etishi mumkin. 2040 yilgacha esa O‘zbekiston 17 ta suv yetishmovchiligi og‘ir davlatlar qatoriga kiradi.
O‘zbekistonda suvning 90 foizi qishloq xo‘jaligida foydalaniladi. Biroq har yili suvning 40 foizga yaqini isrof bo‘lishi — noto‘g‘ri taqsimlash, bug‘lanish yoki samarasiz infratuzilmalar sabab yuz beradi. Muzliklar tez eriyayotgani va qurg‘oqchilik kuchaygani oqibatida suv oqimining 2035 yilgacha keskin kamayishi taxmin qilinmoqda.
Mamlakatdagi aholining o‘sishi, shaharlar miqyosining kengayishi, xususan Toshkent, Samarqand va Namangan kabi yirik shaharlarda suvga bo‘lgan talabni yanada oshirmoqda. Shu sababli irrigatsiya tizimini zamonaviylashtirish, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy qilish, beton kanallar va yopiq quvurli tarmoqlar orqali suvni oqilona boshqarish lozim.
Bundan tashqari, Qirg‘iziston va Tojikiston bilan suv resurslarini boshqarish yuzasidan ochiq va manfaatli kelishuvlar tuzish, xalqaro suv diplomatiyasida faol ishtirok etish talab etiladi. Mutaxassislar, shuningdek, suvni saqlash va qayta ishlash infratuzilmasini yaratish, aholida ekologik madaniyatni oshirishni eng muhim vazifalar sifatida ta’kidlamoqda.
Suv xavfsizligi masalasi endi faqat muhandislik emas, balki strategik davlat siyosati darajasidagi muammo sifatida ko‘rilishi lozim.





