add

Murodjon Ahmadaliyev 12 raund davom etgan chempionlik jangida Inuega ochkolar hisobiga mag‘lub bo‘ldi

14.09.2025 | 17:555793

Yaponiyaning Nagoya shahridagi «IG arena» sport majmuasida bo‘lib o‘tgan jangda Murodjon Ahmadaliyev Naoya Inuega ochkolar hisobiga yutqazdi.

Murodjon Ahmadaliyev 12 raund davom etgan chempionlik jangida Inuega ochkolar hisobiga mag‘lub bo‘ldi
Profi boksda 30 jangdan 27 tasida nokaut bilan g‘alaba qozongan yaponiyalik bokschi olti yil ichida ilk bor 12 raund jangni to‘liq o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi va kamarlarini o‘zida saqlab qoldi. 12 raundga mo‘ljallangan jangning dastlabki 4 ta raundida bokschilar bir-birini o‘rganishga harakat qilishdi. Keyingi raundlarda esa kichik ustunlik goh yaponiyalik, goh o‘zbekistonlik bokschining tomoniga og‘ib turdi. Natijada nokdaun va nokaut kuzatilmadi — jang to‘liq 12 raund davom etdi. Yakunda hakamlar amaldagi chempionning g‘alabasini qayd etishdi - 110:118, 110:118, 111:117. Naoya Inoo‘ye shu tariqa mutlaq jahon chempioni maqomini va unga tegishli barcha chempionlik kamarlarini saqlab qoldi. Ahmadaliyev esa mag‘lubiyatga qaramay, o‘zining yuqori darajadagi tayyorgarligi va chidamliligini namoyon etdi. Mazkur jang Inoo‘yening professional ringdagi navbatdagi muvaffaqiyati bo‘ldi va uning jahon boks tarixidagi nufuzini yanada mustahkamladi. Eslatib o‘tamiz, bu jangning umumiy mukofot jamg‘armasi 20 million dollarni tashkil etdi. Inue 75 foiz, Murodjon 25 foiz ulushga ega bo‘ladi. Yaponiyalik sportchi 15 million kafolatlangan summaga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, u taxminan 4 million dollar bonuslar oladi. Ahmadaliyev esa bu jangdan 5 million dollar to‘lov oladi. Shuningdek, yana 1 million dollar PPV ulushiga ega bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid