add

Onlayn marketpleyslarda 270 dan ortiq kontrafakt tovar aniqlandi

16.05.2025 | 11:2046912

Uzum, Olcha va Glotr kabi platformalarida mashhur brendlarga taalluqli soxta mahsulotlar sotilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Onlayn marketpleyslarda 270 dan ortiq kontrafakt tovar aniqlandi
Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti ma’lumotiga ko‘ra, Uzum, Olcha va Glotr marketpleyslarida kontrafakt mahsulotlar savdosi bo‘yicha monitoring o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida Uzum Marketda 220 taga yaqin, Glotr va Olcha platformalarida esa taxminan 50 ta soxta mahsulot aniqlangan. Kontrafakt tovarlar orasida kiyim-kechak, kosmetika va maishiy texnika keng uchragan. Ular orasida Adidas, Chanel, Bosch, Puma, Gucci, Samsung kabi taniqli brendlar nomi bilan sotuvga qo‘yilgan mahsulotlar ham bor. Aniqlangan holatlar bo‘yicha huquq egalarining murojaatiga ko‘ra Uzum Marketda ayrim soxta tovarlarning savdosiga cheklov qo‘yilgan va ular saytdan olib tashlangan. Vazirlik ma’lum qilishicha, qolgan holatlar yuzasidan huquq egalarini xabardor qilish ishlari olib borilmoqda va ularning munosabatiga qarab zarur choralar ko‘riladi. Departament tadbirkorlarga murojaat etib, intellektual mulk huquqlari buzilganda 1008 raqamli ishonch telefoniga yoki info@adliya.uz elektron manziliga xabar berishni so‘ragan.

Teglar

Mavzuga oid