add

Ozarboyjon qidiruvda bo‘lgan Eron fuqarosini O‘zbekistonga topshirdi

Kecha 18:381 daqiqa

Firibgarlikda ayblangan 55 yoshli shaxs 2025 yilda Ozarboyjon hududida qo‘lga olingan.

Ozarboyjon qidiruvda bo‘lgan Eron fuqarosini O‘zbekistonga topshirdi

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan Eron fuqarosi Imoni Ali Abdulloh O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Ozarboyjon Bosh prokuraturasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilshicha, Ozarboyjon jinoyatchilikka qarshi kurashish yo‘nalishida O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikni izchil davom ettirmoqda. Xususan, Ozarboyjon Bosh prokuraturasi firibgarlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan 1970 yilda tug‘ilgan Eron fuqarosiga nisbatan O‘zbekiston tomonining so‘rovini qanoatlantirgan.

Tergov materiallariga ko‘ra, Imoni Ali Abdulloh 2025 yilda Ozarboyjon hududida qo‘lga olingan.

Ekstraditsiya to‘g‘risidagi qaror 2002 yil 7 oktabrda qabul qilingan «Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida»gi Konvensiya talablariga muvofiq qabul qilingan.

Teglar

Mavzuga oid