add

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida qanday kelishuvlarga erishildi?

Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov huzurida bir qator hujjatlarni almashish marosimi o‘tkazildi.

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida qanday kelishuvlarga erishildi?

Ko‘ksaroy qarorgohida Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovga O‘zbekiston Respublikasining oliy davlat mukofoti – «Oliy Darajali Do‘stlik» ordenini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov Qo‘shma bayonot imzoladilar. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbarlari huzurida quyidagi ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi:

– O‘zbekiston – Turkmaniston chegaraoldi savdo zonasi faoliyati to‘g‘risidagi shartnoma;

– Sog‘liqni saqlash va tibbiyot fani sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitim;

– Qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish to‘g‘risidagi bitim;

– Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi bayonnoma;

– Xalqaro avtomobilda yo‘lovchi va yuk tashish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi bayonnoma;

– Adliya vazirliklari o‘rtasida 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;

– Madaniyat sohasida 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;

– Neft mahsulotlari va suyuq kimyoviy yuklarni tashish uchun temir yo‘l vagonlarini yetkazib berish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum;

– Biologik xavfsizlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi;

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligining Xalqaro munosabatlar instituti o‘rtasida O‘zbekiston – Turkmaniston ekspertlar kengashini tuzish to‘g‘risidagi memorandum;

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti hamda Turkmaniston Davlat, huquq va demokratiya instituti o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum;

– O‘rmon xo‘jaligi sohasida 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik bo‘yicha «yo‘l xaritasi»;

– Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari bilan Lebap viloyati hokimligi, Toshkent viloyati hokimligi bilan Axal viloyati hokimligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan Toshhovuz viloyati hokimligi o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar.

Avvalroq O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari «Shovot-Toshhovuz» chegaraoldi savdo zonasini ishga tushirgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid