Logo

O‘zbekistonga o‘qish uchun eng ko‘p qaysi davlat fuqarolari kelmoqda?

Bugun 15:151 daqiqa

2026-yilning yanvar-oktabr oylarida jami 57,6 ming nafar chet el fuqarolari o‘qish maqsadida O‘zbekistonga kelgan.

O‘zbekistonga o‘qish uchun eng ko‘p qaysi davlat fuqarolari kelmoqda? © nuuz

O‘zbekistonga ta’lim olish maqsadida kelgan xorijiy fuqarolar soni yil davomida sezilarli oshdi. 2026-yilning 10 oyida 57,6 ming nafar kishi kelgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 1,7 barobar ko‘p. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

O‘qish uchun O‘zbekistonga kelganlarning asosiy qismini Turkmaniston va Hindiston fuqarolari tashkil qilmoqda. Xususan, eng ko‘p Turkmaniston fuqarolari — 21 206 nafar, eng kam esa Rossiya fuqarolari — 172 nafar kelgan. Hindiston 16 971 nafar bilan ikkinchi o‘rinni egallagan.

Mamlakatlar kesimidagi ko‘rsatkichlar

O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan xorijiy fuqarolar soni mamlakatlar kesimida quyidagicha:

Turkmaniston — 21 206 nafar;

Hindiston — 16 971 nafar;

Tojikiston — 3 724 nafar;

Qirg‘iz Respublikasi — 2 417 nafar;

Xitoy — 2 269 nafar;

Pokiston — 2 162 nafar;

Misr — 1 677 nafar;

Koreya Respublikasi — 1 042 nafar;

Filippin — 1 029 nafar;

AQSH — 593 nafar;

Turkiya — 432 nafar;

Janubiy Afrika Respublikasi — 385 nafar;

Buyuk Britaniya — 361 nafar;

Eron — 326 nafar;

Iordaniya — 314 nafar;

Afg‘oniston — 254 nafar;

Qozog‘iston — 248 nafar;

Bangladesh — 201 nafar;

Nepal — 186 nafar;

Rossiya — 172 nafar.

Ma’lumot uchun, 2025-yilning yanvar–oktabr oylarida 33 mingdan ortiq chet el fuqarosi o‘qish maqsadida O‘zbekistonga kelgan. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 51,5 foizga ko‘p bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston sayohat xavfsizligi reytingida Avstraliya va Kanadani ortda qoldirgani haqida xabar berilgandi.

Teglar

Mavzuga oid