add

Prezident Namanganda o‘quvchilarga avtomashina ijaraga berilishini tanqid qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limiga bag‘ishlangan yig‘ilishda yoshlarning 8 soatgacha ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishi va mashina ijarasi oqibatida sodir bo‘layotgan fojialarni keskin tanqid qildi.

Prezident Namanganda o‘quvchilarga avtomashina ijaraga berilishini tanqid qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta’limi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida ta’lim tizimidagi dolzarb muammolar muhokama qilindi. Yig‘ilishda aytilishicha, 7–11 sinf o‘quvchilari kuniga 8 soatgacha vaqtni ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazmoqda. Bu holat ota-onalar, maktab rahbarlari va muallimlar uchun jiddiy signal bo‘lishi kerakligi qayd etildi. Shuningdek, ayniqsa, Namanganda o‘quvchilarga avtomobilni ijaraga berish holatlari ortib borayotgani tanqid qilindi. Har oyda o‘nlab yoshlar jarohat olayotgani, ayrim holatlar o‘lim bilan yakunlanayotgani ta’kidlandi. Prezident ichki ishlar va prokuratura organlarini qonun ustuvorligini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotganlikda aybladi. Bu holatlarga barham berish maqsadida bolalarga mashina boshqarish huquqini berganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasini tayyorlash topshirildi. Prezident ta’lim sohasida katta o‘zgarishlar amalga oshirilganini ta’kidlar ekan, hali ham yechimini kutayotgan muammolar borligini ta’kidladi. Shu munosabat bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga butun tizimni «favqulodda to‘qson kunlik» rejimda ishlashga o‘tkazish vazifasi qo‘yildi.    

Teglar

Mavzuga oid

Prezident Namanganda o‘quvchilarga avtomashina ijaraga berilishini tanqid qildi | Vaqt.uz