SHHTga a’zolik O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
02.09.2025 | 17:30253612
O‘zbekistonning SHHT davlatlari bilan savdosi 7 yilda 2,5 barobarga o‘sdi. Savdo hajmi 32,5 mlrd dollarga yetib, asosiy sheriklar Xitoy va Rossiya bo‘ldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev shu yili 31 avgust – 1 sentyabr kunlari Xitoyda bo‘lib o‘tgan SHHT sammitida ishtirok etdi. Unda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlik hamda raqamlashtirishga oid mavzular muhokama qilindi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonning SHHTga a’zo davlatlar bilan savdo-investitsiya hamkorligiga oid 7 yillik ma’lumotlarni tahlil qildi. 2017–2024 yillarda tashkilotga a’zolik O‘zbekistonga nimalar berdi?
[caption id="attachment_15407" align="aligncenter" width="633"]
Infografika: Review.uz[/caption]
Shanhay hamkorlik tashkiloti a’zolari va uning ko‘lami
Shanhay hamkorlik tashkiloti (SHHT) – 2001 yilda tashkil etilgan xalqaro mintaqaviy tashkilot hisoblanadi. Hozirgi kunda SHHT tarkibiga 10 ta davlat a’zo: Belarus, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston.
SHHTda hozirgi vaqtda Afg‘oniston va Mo‘g‘uliston kuzatuvchi davlat maqomiga ega bo‘lib, tashkilot faoliyatida muntazam ishtirok etmoqda. Shu bilan birga, 14 ta mamlakat — Ozarboyjon, Armaniston, Bahrayn, Misr, Kambodja, Qatar, Kuvayt, Maldiv orollari, Myanma, Nepal, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Shri Lanka — SHHTning muloqot bo‘yicha sheriklari sifatida tan olingan.
2017 yilda Hindiston va Pokiston, 2023 yilda Eron, 2024 yilda esa Belarus Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘ldi. Bu qadam tashkilotning geosiyosiy nufuzini kuchaytirib, uning qamrovini yanada kengaytirdi.
bugungi kunda SHHTga a’zo davlatlarning umumiy hududi 34 mln metr kvadratdan ortiqni, ya’ni Yevroosiyoning 60 foizidan ko‘prog‘ini tashkil etadi. Umumiy aholi soni 3 milliard kishidan ortiq bo‘lib, bu sayyoramiz aholisining taxminan 42 foiziga teng. SHHT mamlakatlari iqtisodiyoti esa jahon iqtisodiyotining 29 foizidan ko‘prog‘ini o‘z ichiga oladi.
O‘zbekistonning SHHTga a’zo davlatlar bilan savdo ko‘rsatkichi qanday?
SHHTga a’zo mamlakatlar – ayniqsa Rossiya, Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari – O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari hisoblanadi.
So‘nggi 7 yil ichida savdo hajmi keskin o‘sdi. 2017 yilda SHHT mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash 12,9 mlrd dollar bo‘lgan bo‘lsa, 2024 yilda bu ko‘rsatkich 32,5 mlrd dollarga yetdi. Qariyb 2,5 barobar o‘sish qayd qilindi.
Eksport 5,8 mlrd dollardan 9 mlrd dollarga ko‘tarildi. Ya’ni 1,6 barobar o‘sdi. Import esa 7,1 mlrd dollardan 23,5 mlrd dollarga yetdi, qariyb 3,3 barobar yuqori darajaga chiqdi.
SHHT davlatlari bilan tovar aylanmasi ulushi umumiy tashqi savdoda biroz oshgan. Ya’ni so‘nggi 7 yilda 48,6 foizdan 49,4 foizgacha ko‘tarildi. Ammo eksportdagi ulushi qariyb 13 foiz tushdi, import esa 10 foizga oshgan.
2024 yilda SHHT mamlakatlariga yo‘naltirilgan eksport 9 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu umumiy eksportning 33,4 foizi. Lekin muhim bir jihat bor: O‘zbekistonning oltin eksporti (7,48 mlrd dollar) asosan boshqa mamlakatlarga yo‘naltiriladi. Agar oltinni hisobdan chiqarilsa, SHHT mamlakatlarining umumiy eksportdagi ulushi keskin oshib, 46,3 foizga yetadi.
Yillik solishtirishda ham o‘zgarishlar bor. 2023 yilda SHHT bilan savdo hajmi 32,5 mlrd dollar bo‘lgan. 2024 yilda esa atigi 0,1 foiz o‘sib, 32,5 mlrd dollarga yetdi. Eksport 3,5 foizga kamaydi – 9,33 mlrd dollardan 9,01 mlrd dollarga tushdi. Aksincha, import 1,6 foizga ko‘tarilib, 23,17 mlrd dollardan 23,5 mlrd dollarga chiqdi.
Eng katta ulush qaysi davlatga to‘g‘ri keladi?
2024 yilda O‘zbekistonning SHHT mamlakatlari bilan savdosida asosiy o‘rinlarni uch davlat egalladi. Eng katta sherik Xitoy bo‘lib, umumiy savdoda 12,5 mlrd dollarlik ulush bilan yetakchilik qildi. Ikkinchi o‘rinda Rossiya turib, 11,6 mlrd dollarlik ko‘rsatkich qayd etdi. Qozog‘iston esa 4,3 mlrd dollar bilan uchinchi asosiy sherikka aylandi.
Eksport
Eksport tarkibida ham Rossiya yetakchilik qildi – 3,7 mlrd dollar. Xitoyga eksport hajmi 2,1 mlrd dollarni tashkil etdi, Qozog‘istonga esa 1,45 mlrd dollar mahsulot chiqarildi. Qirg‘iziston va Tojikistonga eksport hajmlari nisbatan kichikroq bo‘lsa-da, ular ham muhim bozor hisoblanadi: mos ravishda 631 mln va 605 mln dollar.
Import
Importda esa asosiy oqim Xitoydan keldi – 10,4 mlrd dollar. Bu 44 foizdan ortiq mahsulotlar Xitoydan keladi degani. Rossiyadan 7,9 mlrd dollarlik, Qozog‘istondan esa 2,8 mlrd dollarlik mahsulot va xomashyo olib kirildi.
Bundan tashqari, 2024 yilda SHHT mamlakatlaridan O‘zbekistonga yo‘naltirilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar umumiy hajmi 11,4 mlrd dollardan oshdi. Bu barcha xorijiy investitsiyalar va kreditlarning 46,6 foizini tashkil qiladi.
Tahlilga ko‘ra, SHHT davlatlari O‘zbekistonning tayyor mahsulotlari uchun asosiy bozorga aylandi. Masalan, meva-sabzavot va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari, elektrotexnika buyumlari, to‘qimachilik va avtomobil sanoati mahsulotlarining 80 foizdan ortig‘i aynan SHHT mamlakatlariga eksport qilinmoqda.
Import qilinadigan mashina va uskunalarning yarmi, jumladan tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan butlovchi qismlar ham SHHT mamlakatlaridan, asosan Xitoydan kirib kelmoqda.
SHHT mamlakatlari O‘zbekistonning oziq-ovqat xavfsizligida ham muhim o‘rin tutadi. Chunki umumiy oziq-ovqat importning taxminan 70 foizi shu davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Xususan, Rossiya va Qozog‘istondan asosan yog‘-moy hamda don mahsulotlari olib kirilgan.
A’zo davlatlar bilan savdo ko‘rsatkichi (grafik)
[caption id="attachment_15408" align="aligncenter" width="633"]
Infografika: Vaqt.uz[/caption]
Xulosa qiladigan bo‘lsak, so‘nggi 7 yilda SHHTga a’zo davlatlar bilan tovar ayirborlash 2,5 barobar o‘sdi. Ayniqsa Rossiya, Xitoy va Markaziy Osiyoda davlatlari asosiy savdo hamkori sifatida yetakchi o‘rinni egallagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Xitoyga tashrifi mobaynida nimalar bilan band bo‘lishi va qanday masalalar muhokama qilinishi haqida ma’lumot bergan edik.
Mahliyo Hamdova tayyorladi.
Infografika: Review.uz[/caption]
Shanhay hamkorlik tashkiloti a’zolari va uning ko‘lami
Shanhay hamkorlik tashkiloti (SHHT) – 2001 yilda tashkil etilgan xalqaro mintaqaviy tashkilot hisoblanadi. Hozirgi kunda SHHT tarkibiga 10 ta davlat a’zo: Belarus, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston.
SHHTda hozirgi vaqtda Afg‘oniston va Mo‘g‘uliston kuzatuvchi davlat maqomiga ega bo‘lib, tashkilot faoliyatida muntazam ishtirok etmoqda. Shu bilan birga, 14 ta mamlakat — Ozarboyjon, Armaniston, Bahrayn, Misr, Kambodja, Qatar, Kuvayt, Maldiv orollari, Myanma, Nepal, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Shri Lanka — SHHTning muloqot bo‘yicha sheriklari sifatida tan olingan.
2017 yilda Hindiston va Pokiston, 2023 yilda Eron, 2024 yilda esa Belarus Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘ldi. Bu qadam tashkilotning geosiyosiy nufuzini kuchaytirib, uning qamrovini yanada kengaytirdi.
bugungi kunda SHHTga a’zo davlatlarning umumiy hududi 34 mln metr kvadratdan ortiqni, ya’ni Yevroosiyoning 60 foizidan ko‘prog‘ini tashkil etadi. Umumiy aholi soni 3 milliard kishidan ortiq bo‘lib, bu sayyoramiz aholisining taxminan 42 foiziga teng. SHHT mamlakatlari iqtisodiyoti esa jahon iqtisodiyotining 29 foizidan ko‘prog‘ini o‘z ichiga oladi.
O‘zbekistonning SHHTga a’zo davlatlar bilan savdo ko‘rsatkichi qanday?
SHHTga a’zo mamlakatlar – ayniqsa Rossiya, Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari – O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari hisoblanadi.
So‘nggi 7 yil ichida savdo hajmi keskin o‘sdi. 2017 yilda SHHT mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash 12,9 mlrd dollar bo‘lgan bo‘lsa, 2024 yilda bu ko‘rsatkich 32,5 mlrd dollarga yetdi. Qariyb 2,5 barobar o‘sish qayd qilindi.
Eksport 5,8 mlrd dollardan 9 mlrd dollarga ko‘tarildi. Ya’ni 1,6 barobar o‘sdi. Import esa 7,1 mlrd dollardan 23,5 mlrd dollarga yetdi, qariyb 3,3 barobar yuqori darajaga chiqdi.
SHHT davlatlari bilan tovar aylanmasi ulushi umumiy tashqi savdoda biroz oshgan. Ya’ni so‘nggi 7 yilda 48,6 foizdan 49,4 foizgacha ko‘tarildi. Ammo eksportdagi ulushi qariyb 13 foiz tushdi, import esa 10 foizga oshgan.
2024 yilda SHHT mamlakatlariga yo‘naltirilgan eksport 9 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu umumiy eksportning 33,4 foizi. Lekin muhim bir jihat bor: O‘zbekistonning oltin eksporti (7,48 mlrd dollar) asosan boshqa mamlakatlarga yo‘naltiriladi. Agar oltinni hisobdan chiqarilsa, SHHT mamlakatlarining umumiy eksportdagi ulushi keskin oshib, 46,3 foizga yetadi.
Yillik solishtirishda ham o‘zgarishlar bor. 2023 yilda SHHT bilan savdo hajmi 32,5 mlrd dollar bo‘lgan. 2024 yilda esa atigi 0,1 foiz o‘sib, 32,5 mlrd dollarga yetdi. Eksport 3,5 foizga kamaydi – 9,33 mlrd dollardan 9,01 mlrd dollarga tushdi. Aksincha, import 1,6 foizga ko‘tarilib, 23,17 mlrd dollardan 23,5 mlrd dollarga chiqdi.
Eng katta ulush qaysi davlatga to‘g‘ri keladi?
2024 yilda O‘zbekistonning SHHT mamlakatlari bilan savdosida asosiy o‘rinlarni uch davlat egalladi. Eng katta sherik Xitoy bo‘lib, umumiy savdoda 12,5 mlrd dollarlik ulush bilan yetakchilik qildi. Ikkinchi o‘rinda Rossiya turib, 11,6 mlrd dollarlik ko‘rsatkich qayd etdi. Qozog‘iston esa 4,3 mlrd dollar bilan uchinchi asosiy sherikka aylandi.
|
Davlat |
Hajm |
Ulush |
| Xitoy | 12,5 mlrd dollar | 38,4 foiz |
| Rossiya | 11,63 mlrd dollar | 35,7 foiz |
| Qozog‘iston | 4,28 mlrd dollar | 13,1 foiz |
|
Davlat |
Hajm |
Ulush |
| Rossiya | 3,7 mlrd dollar | 40,9 foiz |
| Xitoy | 2,1 mlrd dollar | 22,8 foiz |
| Qozog‘iston | 1,45 mlrd dollar | 16,1 foiz |
| Qirg‘iziston | 631,5 mln dollar | 7,1 foiz |
| Tojikiston | 605 mln dollar | 6,8 foiz |
|
Davlat |
Hajm |
Ulush |
| Xitoy | 10,43 mlrd dollar | 44,3 foiz |
| Rossiya | 7,95 mlrd dollar | 33,8 foiz |
| Qozog‘iston | 2,83 mlrd dollar | 12 foiz |