add

Toshkentdan Samarqand va Andijonga: birinchi pullik yo‘llar qachon ochiladi?

30.05.2025 | 14:2014913

O‘zbekistonda ilk pullik yo‘llar Toshkent—Samarqand va Toshkent—Andijon yo‘nalishlarida quriladi. Loyihalarning umumiy qiymati $6 milliarddan ortiq bo‘lib, qurilish ishlari 2024 va 2026-yillarga mo‘ljallangan.

Toshkentdan Samarqand va Andijonga: birinchi pullik yo‘llar qachon ochiladi?
O‘zbekistonda transport infratuzilmasini yaxshilash maqsadida pullik avtomagistrallar qurish rejalashtirilgan. Prezident qaroriga ko‘ra, davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan ikki yo‘l loyihasi tasdiqlangan. Ular Toshkent—Samarqand va Toshkent—Andijon yo‘nalishlarini qamrab oladi. «Toshkent—Samarqand» yo‘li qurilishi joriy yilda boshlanishi kutilmoqda. 2026-yilda esa «Toshkent—Andijon» yo‘li loyihasi amalga oshiriladi. Ikkinchisining umumiy uzunligi 171 km bo‘lib, u Qamchiq dovonini ham o‘z ichiga oladi. Har ikki loyiha Jahon banki hamda xalqaro maslahatchi tashkilotlar — Arup va CMS ishtirokida moliyalashtirilmoqda. Avtomagistrallarda yuk ko‘tarish quvvati 13 tonna etib belgilangan va xizmat muddati 25 yilgacha bo‘lishi aytiladi. Pullik yo‘llarda bir taraflama harakat uchun taxminan 100 ming so‘m to‘lash kutilmoqda. Yo‘llarda maksimal tezlik 120–150 km/soatgacha yetishi mumkin. Qo‘shni davlatlardagi tajribaga nazar tashlasak, Qozog‘istonda pullik yo‘llar soni 25 tani tashkil etadi. Rossiyada esa Maskva—Sankt-Peterburg orasidagi pullik yo‘lda yengil mashinalar uchun to‘lov $50 dan oshadi. Yevropa va Xitoyda pullik yo‘llar orqali transport oqimi samarali boshqariladi, yo‘llar tezkor va xavfsiz harakatni ta’minlaydi. O‘zbekistonda ham ushbu tajribalardan kelib chiqib, zamonaviy to‘lov tizimlari joriy etilishi ko‘zda tutilgan.

Teglar

Mavzuga oid