add

Turizm sohasidagi tadbirkorlar tomonidan 10 oyda qariyb 3 trln so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi

01.12.2025 | 17:581711 daqiqa

2025 yilning o‘n oyida turizm agentliklari va turoperatorlar xizmatlari hajmida o‘tgan yilga nisbatan 42,2 foizdan o‘sish qayd etildi.

Turizm sohasidagi tadbirkorlar tomonidan 10 oyda qariyb 3 trln so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi

Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025 yil yanvar–oktabr oylarida O‘zbekistonda turizm agentliklari, turoperatorlar, bron qilish va ularga bog‘liq qo‘shimcha xizmatlar hajmi 2,9 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 42,2 foizga oshdi.

Shuningdek, yil boshidan beri O‘zbekistonga 200 ga yaqin davlatdan qariyb 10 million turist tashrif buyurgan. Xalqaro mehmonlar oqimining o‘sishi turoperatorlar va agentliklar aylanmasini oshirishga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning 9 oyida O‘zbekistonda turizm sohasida 636 ta xizmat ko‘rsatish ob’ektlari ishga tushirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, avvalroq prezidentning tegishli qarori bilan turizm sohasidagi tadbirkorlarga hamda yangi loyihalarga qator yengillik va imtiyozlar berilgandi.

Teglar

Mavzuga oid