add

Ukraina armiyasi hiyla ishlatib, Rossiyaning Su-34 va Mi-8 uchoqlarini urib tushirdi

02.10.2025 | 22:2020503

Ukraina armiyasi 25 sentyabr kuni Zaporijjya uzra parvoz qilgan Su-34 samolyotini, 29 sentyabrda Donetsk osmonida Mi-8 vertolyotini urib tushirdi. Ikki hodisa ham o‘ta g‘aroyib hiyla va yangi taktikalar orqali amalga oshirilgan.

Ukraina armiyasi hiyla ishlatib, Rossiyaning Su-34 va Mi-8 uchoqlarini urib tushirdi
BILD xabar qilishicha, Ukraina havo himoyasi Rossiya aviatsiyasiga qarshi kutilmagan uslubdan foydalandi. Rossiya armiyasi bir kun oldin «Patriot kompleksi yo‘q qilindi», deb hisobot bergan edi. Ammo Ukraina tomoni maxsus tayyorlangan mulyajni nishonga qo‘yib berib, haqiqiy Patriot’dan pistirmadan foydalangan. Rossiyaning Su-34 front bombardimonchisi Ukrainada havo himoyasi yo‘q degan ishonch bilan parvozga chiqqan paytda u zenit raketasi bilan yiqitildi. Rossiya matbuotiga ko‘ra, ekipaj a’zolaridan biri halok bo‘lgan, ikkinchisi tirik qolgan. Orqasidan yana bir zarba berilgan: 29 sentyabr kuni Donetsk ustidan Ukraina qo‘shinlari ilk bor dron-kamikadze yordamida Rossiyaning Mi-8 vertolyotini urib tushirgan. Kiyev razvedkasi bir necha kun davomida rossiyalik uchuvchilarning harakatini kuzatib, dronlarni ularning ehtimoliy marshrutiga jo‘natib kelgan. Shu kuni hisob-kitob aniq chiqdi — dron havoda vertolyotni «qo‘lga oldi» va yiqitdi. BILD harbiy sharhlovchisi Yulian Ryopkening ta’kidlashicha, bu epizodlar Rossiya havoda katta ustunlikka ega bo‘lishiga qaramasdan, Ukraina yangicha taktikalar bilan juda og‘riqli zarbalar berishini ko‘rsatmoqda.

Teglar

Mavzuga oid