add

Xitoyda dron shou falokatga aylandi

04.10.2025 | 22:2024993

Xitoyning Xunan provinsiyasida bayram salyuti chog‘ida dronlar nazoratdan chiqib, tomoshabinlar ustiga yog‘ildi.

Xitoyda dron shou falokatga aylandi
2 oktyabr kuni Luyan shahrida o‘tkazilgan dronlar ishtirokidagi shou odamlar uchun kutilmagan falokatga aylandi. Bir necha soniya ichida osmondan qizib tushgan dron parchalari odamlar ustidan yog‘ila boshladi va tepalik yonidagi o‘rmonda yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda Xitoy OAVlari xabar berdi. Internetda tarqalgan videolarda odamlarning qichqiriqlari, tomoshabinlar orasiga va daraxtlarga tushayotgan yong‘inli parchalar aniq ko‘rinadi. Yo‘qotishlar haqida rasmiy ma’lumot berilmagan bo‘lsa-da, voqea choqida qo‘rquv va sarosima kuchli bo‘lgani ko‘rinib turibdi. Shou o‘tkazilgan park ma’muriyati yong‘inni «ahamiyatsiz» deya baholab, tezda bartaraf etilganini bildirgan. Tuman hokimiyati esa hech kim jarohatlanmaganini va keyingi tomoshalar belgilangan vaqtda o‘tkazilishini ma’lum qilgan. Biroq guvohlar rasmiy ma’lumotni rad etmoqda. Ularning aytishicha, yong‘in kuchli bo‘lib, kichik uchqun katta alangaga aylangan. Tomoshabinlar orasidagi ayrim turistlar o‘z taassurotlarini ijtimoiy tarmoqlarda baham ko‘rib, voqeaning asl ko‘lami katta bo‘lganini qayd etishgan.

Teglar

Mavzuga oid