Logo

5 iyundan abituriyentlar uchun hujjat qabul qilish boshlanadi

26.05.2025 | 13:152 дақиқа

Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar 2025 yil 5 iyundan 25 iyungacha hujjat topshirishlari mumkin

5 iyundan abituriyentlar uchun hujjat qabul qilish boshlanadi
2025/2026-o‘quv yili uchun oliy o‘quv yurtlariga hujjat qabul qilish jarayoni 5 iyundan boshlanadi. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha hujjatlar my.uzbmb.uz platformasi orqali 5 iyundan 25 iyungacha qabul qilinadi. Magistratura uchun hujjat qabul qilish jarayoni magistr.edu.uz sayti orqali 1 iyuldan 30 iyulgacha davom etadi O‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalar esa transfer.edu.uz platformasidan 15 iyuldan 5 avgustgacha ariza qoldirishlari mumkin Mazkur muddatlarda hujjat topshirish barcha foydalanuvchilar uchun faqat elektron tarzda amalga oshiriladi.

Мавзуга оид