Logo

Aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berishga xususiy sektor jalb qilinadi

Бугун 19:452 дақиқа

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida sohaga xususiy sektorni jalb etish va bu tajribani Andijon viloyatida boshlash ma’qullandi.

Aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berishga xususiy sektor jalb qilinadi © Фото: «Ҳудудгазтаъминот» АЖ


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ining ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va suyultirilgan gaz ta’minoti masalalari muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda 3 million 700 ming xonadon suyultirilgan gazdan foydalanmoqda. Tizim so‘nggi yillarda raqamlashtirilgan bo‘lsa-da, gazni o‘z vaqtida yetkazib berish muammosi hali to‘liq hal etilmagan.

Andijonda yangi tizim sinovdan o‘tkaziladi

Yig‘ilishda suyultirilgan gaz yetkazib berishga xususiy sektorni jalb etish va bunday tajribani Andijon viloyatida boshlash taklifi ma’qullandi.

Ma’lum qilinishicha, Andijon viloyatida yilning olti oyida rejalashtirilgan 48 ming tonna o‘rniga 41 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazilgan. Natijada 318 ta mahallada ta’minot belgilangan jadvaldan ortda qolmoqda.

Endi tadbirkorlar o‘zlari import qilgan yoki birja orqali xarid qilgan suyultirilgan gazni aholi hamda biznes subyektlariga yetkazib berishi mumkin bo‘ladi. Yil boshidan buyon xususiy sektor 157 ming tonna suyultirilgan gaz import qilgan.

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga suyultirilgan gaz uchun subsidiya ajratiladi. Yil yakuniga qadar bu borada «Andijon tajribasi» yo‘lga qo‘yiladi.

Gaz ballonlari tizimi ham o‘zgaradi

Yig‘ilishda suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni yil yakuniga qadar rejalashtirilgan 520 ming tonnadan 606 ming tonnaga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

Shuningdek, aholiga gaz yetkazish tizimi ham qayta ko‘rib chiqiladi. Hozir iste’molchilarga asosan 20 kilogrammli ballonlar yetkazib berilmoqda. Biroq ayrim xonadonlar uchun oyiga 5–6 kilogramm gaz yetarli bo‘lsa, boshqalariga 30–40 kilogrammli ballonlar zarur.

Shu munosabat bilan suyultirilgan gazni tashish, saqlash va tarqatish tizimi bir oy muddatda xorijiy tajriba hamda xalqaro standartlar asosida qayta ko‘rib chiqiladi.

Теглар

Мавзуга оид

Aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berishga xususiy sektor jalb qilinadi | Vaqt.uz