Aprel oyida eskrou orqali nechta bitim imzolangani ma’lum qilindi

Бугун 17:281 дақиқа

Aprel oyida eskrou tizimi orqali amalga oshirilgan eng ko‘p bitimlar Toshkent shahri, Farg‘ona va Samarqand viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Aprel oyida eskrou orqali nechta bitim imzolangani ma’lum qilindi © Getty Imagеs

O‘zbekistonda 1–30-aprel kunlari eskrou hisobvaraqlari orqali 33 273 ta shartnoma rasmiylashtirilgan va jarayonda bo‘lgani ma’lum qilindi.

Shundan 19 660 ta bitim transport vositalari savdosiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 13 613 tasi ko‘chmas mulk oldi-sotdisini tashkil etgan.

photo_2026-05-01_16-43-28

Eng ko‘p shartnoma tuzgan hududlar

Hududlar kesimida eng yuqori faollik Toshkent shahrida qayd etildi — 9 505 ta bitim amalga oshirilgan. Shuningdek, Farg‘ona viloyatida 3 197 ta, Samarqand viloyatida esa 2 912 ta shartnoma tuzilgan.

Ayni paytda, boshqa hududlarda ham barqaror faollik kuzatildi. Jumladan, Buxoro viloyatida 1 738 ta, Qashqadaryo viloyatida 1 755 ta va Xorazm viloyatida 1 591 ta bitim rasmiylashtirilgan.

Eskrou mexanizmi hisob-kitoblarning xavfsizligi va shaffofligini ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, 1-apreldan boshlab O‘zbekistonda eskrou tizimi orqali amalga oshiriladigan bitimlar bo‘yicha xizmat haqlari uchun aniq cheklovlar joriy etilgan. Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar uchun komissiya bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan oshmaydi. Amalda bu eng ko‘pi bilan 206 ming so‘mgacha degani.

Avtotransport vositalari bo‘yicha bitimlarda xizmat haqi bazaviy hisoblash miqdorining 25 foizidan, ya’ni 103 ming so‘mdan oshmasligi kerak.

Теглар

Мавзуга оид