Banklarda avtokreditlar o‘rtacha foizi uch haftadan beri rekord darajada pasaymoqda

Бугун 11:552 дақиқа

Bu ko‘rsatkich Markaziy bank mikroqarz va avtokreditlarning o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qilishni boshlaganidan beri kuzatilgan eng past daraja bo‘ldi.

Banklarda avtokreditlar o‘rtacha foizi uch haftadan beri rekord darajada pasaymoqda © Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

Markaziy bank 2026 yil 1-iyun holatiga ko‘ra, tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qildi.

Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 21,7 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan ikki haftaga nisbatan yanada pasayib, Markaziy bank tomonidan ushbu ma’lumotlar e’lon qila boshlanganidan beri kuzatilgan eng past darajalardan biri bo‘ldi. Mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi esa 29,2 foizni tashkil qildi.

Mikroqarzlar

Mikroqarzlar segmentida eng past foiz stavkasi 22,9 foiz bilan «Aloqabank»da qayd etildi. Keyingi o‘rinlarda «Infinbank» va «Asia Alliance bank» 24,2 foizdan, «Milliy bank» esa 24,7 foiz stavka bilan joylashdi. Shuningdek, «Trastbank» 25 foiz, «BRB» 25,4 foiz va «OFB» 25,8 foiz stavka taklif qilmoqda.

O‘rta segmentda «Turon bank» 25,9 foiz, «Asakabank» 26,4 foiz, «Agrobank» 26,6 foiz, «Xalq banki» 26,7 foiz, «Mikrokreditbank» 26,8 foiz va «SQB» 27,1 foiz stavka bilan mikroqarz ajratmoqda. «Garant bank»da bu ko‘rsatkich 28 foizni tashkil etgan.

Yuqori segmentda esa «Poytaxt bank» 29,9 foiz, «Universal bank» 30,4 foiz, «Madad Invest bank» 31,2 foiz, «Apex bank» 31,5 foiz va «Hamkorbank» 31,9 foiz stavka taklif qilmoqda.

Eng yuqori stavkalar «Ipoteka bank» 33,4 foiz, «Ipak Yuli bank» 33,7 foiz, «Davr bank» 34,6 foiz, «TBC bank» 34,7 foiz, «Uzum bank» 38 foiz, «AVO bank» 39,9 foiz, «Anor bank» 41,5 foiz va «Tenge bank» 42,6 foizda qayd etildi.

1

Manba: Markaziy bank


Avtokreditlar

Avtokreditlar bo‘yicha eng past stavka 18,3 foiz bilan «Davr bank»da qayd etildi. Keyingi o‘rinlarda «BRB» 18,7 foiz, «Apex bank» 18,9 foiz va «Garant bank» 19,3 foiz stavka bilan joylashdi.

O‘rta segmentda «Hamkorbank» 20,7 foiz, «Octobank» 21 foiz, «SQB» va «Aloqabank» 21,2 foizdan, «Ipotekabank» 21,6 foiz, «Ipak Yuli bank» 22,3 foiz hamda «Mikrokreditbank» va «OFB» 22,4 foiz stavka bilan avtokredit ajratmoqda. Shuningdek, «Asakabank» 22,6 foiz, «Xalq banki» 23,1 foiz, «Trastbank» 23,2 foiz va «Milliy bank» 23,5 foiz stavka taklif qilmoqda.

Yuqori segmentda esa «Asia Alliance bank» 24 foiz, «Turon bank» 24,8 foiz, «Agrobank» 25,2 foiz, «Madad Invest bank» 27,9 foiz va «Universal bank» 28 foiz stavka bilan avtokredit taklif qilmoqda.

0

Manba: Markaziy bank

Теглар

Мавзуга оид